Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Xiva shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ va tizim tashkilotlari o‘rtasida “Zakovat QUIZ” intellektual o‘yinining final bosqichi tashkil etildi.
Bellashuv yoshlarning intellektual bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bilimga chanqoq va faol yoshlardan tuzilgan jamoalar zakovat sinovida o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QQ jamoasi, uchinchi o‘rinni esa “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunlangach, ishtirokchilar Ichan Qal’a tarixiy majmuasining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA