Moziyga qaytub ish ko‘rish xayrlikdir, deydilar.

 Shu sabab biz ham moziydan, yaqin o‘tmishimizning eng qora kunlaridan hikoya qilishda davom etamiz. Bu yil Germaniyadan qaytgach qatag‘on qilingan yurtdoshlarimiz fojiasiga 100 yil to‘ladi. O‘zA shu munosabat bilan 1920  yillarda xorijda ta’lim olgan o‘zbek yoshlari va ularni vatanda kutgan qatag‘onlar haqida tanishtirib bormoqda. 

Ushbu maqolada Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom IRZAEV Germaniyadan  qaytgach, ikki marta surgun qilingan, Turkiston jadidlaridan biri Maryam bilan “yuzlashtiradi”:

Yirtilingiz, ey yaramas qora qalin pardalar,

Hech yovuqsiz yulduzlarning nurli yuzi ochilsin!

Yo‘qolingiz yorug‘likni to‘saturgan bulutlar,

Yurtimizga eng yuksakdan yorug‘liklar sochilsin!

(Botu)

Maryam Sultonmurodova 1905 yil 13 fevralda Xivada tug‘ilgan. 1917 yil u oilasi bilan xonlikni tark etib, ma’lum vaqt To‘rtko‘lda yashashga majbur bo‘lgan. 1911 yil Maryam Urganchda yangi usuldagi no‘g‘oy (tatar) maktabiga qatnaydi. U yerda besh yil o‘qigach, oilasi ko‘chishi sabab To‘rtko‘ldagi jadid maktabida ta’limni davom ettirdi.

Maryam Toshkentdagi maorif maktabi gimnaziyasida o‘qidi. So‘ng oliy ma’lumot olish maqsadida Orenburg tatar pedagogika institutiga o‘qishga kiradi. U Toshkentga qaytib, O‘rta Osiyo davlat universitetining Ishchi fakultetiga hujjat topshiradi.

Olti yillik xorijiy ta’lim

1922 yil oktyabrda Maryam Sultonmurodova Buxoro hukumati tomonidan Germaniyaga o‘qish uchun yuborilayotgan talabalar safiga kiritilgandi. Xorazm Xalq Respublikaning Moskvadagi muxtor vakilligi xodimi Karim Safayev yordamida Maryam xorij uchun pasport olib, Leningradga yo‘l oldi. Leningrad portidan Xayrinisa Majidxonova va To‘lagan Mo‘minov kabi yosh o‘zbek ziyolilari bo‘lgan guruh bilan paroxodda Germaniyaning Shtetsin shahriga yetib bordilar.

Avvaliga Berlin universiteti qoshidagi olti oylik tayyorlov kursida, keyin Darmshtadt shahridagi “Viktoriya” o‘qituvchilar seminariyasida ikki yil ta’lim oldi. 1926-27 yillarda esa Potsdamdagi “Fraunshul” ayollar maktabida amaliyot o‘tadi.

Mariyam 1927 yil yozgi ta’tilda dugonasi Xayrinisa Majidxonova bilan Fransiya poytaxti Parijga sayohat qilar ekan, ularning Parij opera teatri oshxonasida Ahmad Naim va Mustafo Cho‘qaylar bilan ikki daqiqalik tasodifiy uchrashuvi keyinchalik qatag‘on etilishi uchun asosiy bahona bo‘ldi.

Xorijda o‘qish uning uchun oson emasdi. Ertoy bu haqda “Turkiston” gazetasining 1924 yil sentyabr sonida e’lon qilingan maqolasida shunday yozgan: “...Xivalik Maryamxon moddiy tomondan yaxshi ta’min qilinmagani uchun yo‘llarida ko‘p chatoqliklar ko‘radir. Chindan hayot xotini bo‘lmoq va Turkistonda qolg‘on opa-singillarimizning istiqboli uchun hech kim ko‘rsatmas qahramonlik qilib kelgan qimmatlik qizimizga Xorazm jumhuriyatimizning shunday sovuqqonlik bilan qarashig‘a Turkiston yoshlari taassuf etolmay turolmaydurlar”.

Maktabdagi amaliyoti izidan Maryam Berlindagi professor Genrix Finkelshteynning olti oylik hamshiralik kursini o‘qib bitirdi va 1928 yil SSSRga qaytdi.

Maryam Sultonmurodova O‘zbekistonga kelishi bilan so‘roq, ta’qiblar boshlanib ketdi. Avvaliga hech joydan ish berilmadi. Faqat 1929 yil fevralida Germaniyada ta’lim olgan Badri Sayfulmulk yordamida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash komissarligiga qarashli bolalik va onalikni asrash institutiga hamshira bo‘lib ishga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Maryam Asqar Ahmadbekov bilan oila qurib, to‘rt yil Kattaqo‘rg‘onda yashadi. Eri qamoqqa olingach, Toshkentga qaytib, O‘rta Osiyo davlat universitetida, “Guliston” va “Yorqin turmush” jurnallarida ishladi.

U o‘zbek matbuotida o‘zining olmon adabiyotidan qilgan tarjimalari va ayollarning o‘tkir ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan maqolalari bilan tanila boshladi. Yosh jurnalist Davron Madaminga turmushga chiqib, baxtli hayot ostonasida turgan paytida haqiqiy ayanchli kunlar yetib keldi.

Ikki surgun

1937 yil sentyabrida Maryam Sultonmurodova olti yil Germaniyada o‘qigan, “Turkiston” josuslik tashkiloti a’zosi deb, O‘zSSR Jinoyat Kodeksining 60 (aksilinqilobiy tashviqot), 67 (aksilinqilobiy tashkilotga a’zolik) moddalari bilan ayblanib qamoqqa olindi. Tintuv jarayonida uning pasporti, diplomlari, mehnat daftarchasi, xatlari, kitoblari, 35 ta shaxsiy suratlari xatlanib tortib olindi.

Ortidan onasi Durdijon aya, murg‘ak o‘g‘li Po‘latjonlar zor yig‘lab qoldilar. Maryam olti oylik norasida qizi Anora bilan qamoqxona azoblariga giriftor etildi.

Maryam Sultonmurodova 1938 yil 4 oktyabrda so‘nggi bor so‘roqda ham “Germaniyada “Ozod Turkiston” degan tashkilot hech qachon bo‘lmagan va bu haqida men vatanga qaytib eshitdim. Boshqa hech narsa qo‘shimcha qila olmayman. Mening hech qanday aybim yo‘q,” dedi. Uzoq vaqt davom etgan azobli tergovlarda unga qo‘yilgan birorta ayb o‘z isbotini topmadi. Biroq, Maryam vatanga xiyonat, harbiy va davlat sirlarini sotish, shpionaj, qurolli qo‘zg‘olonga harakat, Sovet davlatiga qarshi terakt, aksilinqilobiy tashkilotga a’zolik kabi o‘ta xavfli ayblovlarga loyiq deb topildi.

Shu oy o‘tkazilgan “Uchlik” sudi atigi 20 daqiqa davom etdi. Maryam Sultonmurodovaga 10 yillik qamoq jazosi hukm etildi. U jazoni dastlab Toshkent, so‘ng Qozon va Suzdal turmalarida o‘tadi. Keyin uzoq Kolima oblastiga yuborilib, Magadandagi “Dalstroy” qurilishida 1947 yil 13 sentyabrgacha azob-uqubat chekdi. 

Farzandlari va qardoshlari sog‘inchi unga o‘limni yo‘latmadi. Jazo muddati tugagach, vatanga qaytib Urganch tumanidagi Yangibozor fuqarolar yig‘inida hamshira bo‘lib ish boshladi. Uning xursandchiligi yana uzoqqa bormadi. U 1949 yil 30 martda qayta qamoqqa olindi va bu gal ham eski “jinoyatlari” uchun O‘zSSR JKning 57-moddasi 1 qismi (Vatanga hiyonat, harbiy va davlat sirlarini sotish, shpionaj), 67-(aksilinqilobiy tashkilotga a’zolik) moddalari qo‘llanib u uzoq Krasnoyarsk o‘lkasiga surgun qilindi.

1954 yil 1 sentyabrda uyiga yozgan xatini u shunday yakunlaydi: “Azizlarim! Bizlar bugun surgundan bo‘shadik. Uy va mollarni o‘z bahosiga sota bilsak, oktyabr oyoqlarina ketamiz. Sota bilmasak, bu yerda qishlaymiz. Sog‘ bo‘ling. Sog‘liqda ko‘rishaylik. Xat yozinglar, hammangizga salom bilan Maryam.”

Taqibga to‘la umr

Maryam Sultonmurodovaning 1956 yil 10 may kuni yozgan arizasi asosida uning ishi qayta ko‘rib chiqishga topshirildi. Shundan so‘ng, ikki surgundan omon qolgan ziyoli Maryam Sultonmurodova 1957 yil 2 avgustda SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasi tomonidan oqlandi. Biroq, u to‘liq oqlanganidan keyin ham ro‘shnolik ko‘rmadi. Ta’qib to‘xtamadi. Sevgan sohasi jurnalistika bilan shug‘ullanish u yoqda tursin, gazeta yo jurnal o‘qishi bo‘yicha ham to‘sqinlikka uchradi.

Maryam qorong‘u kechalarda o‘zining erksiz, baxtsiz hayotini quyidagicha qog‘ozga tushirgan: “... 1957 yil meni oqlashgan. Mendan baxtli odam yo‘q edi. Axiyri orzuyim ushaldi! O, mening xursand bo‘lganlarim... Hayotimda katta bir o‘zgarish kuta boshladim va axiyri to‘la huquqli grajdan bo‘laman deb o‘yladim! Lekin afsus, ko‘p o‘tmay ixlosim qaytdi. Men hamon nazorat ostida ekanligimni, sharmisorlik tamg‘asining yuki hamon bosib yotganini angladim... O‘zligingni pastga urishlarini his etishdan ortiq alam yo‘q olamda. O, bu qanchalar og‘ir! Agarda menga yuqoridan, masxaromuz qarayotgan mana shu kimsalar mendan yaxshiroq va mendan pokroq bo‘lishganida-ku, balki bu holga chidardim. Lekin aslo unday emas edi. Aksincha, ularning biri chayqovchilik, ichkilikbozlik, buzuqlik qilardi. Ikkinchisi, birovning erini tortib olgan, farzandini otasiz qoldirgan edi... Hech bo‘lmasa mana shu kimsalar meni tinch qo‘yishsa edi, ko‘nglimga g‘ulg‘u solishmasa edi...”.

“Nahotki men shunchalar xavfli jinoyatchi bo‘lsam, nainki meni nazorat qilish uchun butun boshli shtat belgilansa? Nahotki shunday qilishga ular haqli bo‘lsalar?” deb yozgandi u oqlanishi ortidan ham davom etgan kuzatuvlardan nolib.

Bu haqsizliklar ham Maryamning irodasini sindira olmadi. U o‘zini bir lahza bo‘lsin aybdor deb bilmadi. Haqiqatga ishondi, insoniyligini yo‘qotmadi. Bu bilan sho‘rolar tuzumining sharmandali tarixida inson matonati timsoli sifatida qoldi. 

Maftuna KARIMOVA, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sho‘ro tuzumining sharmandali tarixi: Ikki bor surgun qilingan Maryam Sultonmurodova qismati