Shopulatova Nasiba Umirovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida grammatik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Shopulatova Nasiba Umirovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida grammatik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 14 may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz