Shoir izdoshlari kashf etilmoqda (+video)
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida 193 nafar yosh iste’dod sohibi tarbiyalanmoqda.
Maktab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomini abadiylashtirish, uning izdoshlarini kashf etish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Ijod maktabi 150 nafar o‘quvchi o‘rniga ega shinam yotoqxona, 12x24 o‘lchamdagi sport zal va 100 o‘rinli oshxonaga ega.
[gallery-15142]
Ta’lim dargohi o‘quvchilari o‘z bilim va iqtidori bilan fan olimpiadalari va turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “Yosh kitobxon – 2023” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 10-14 yosh toifasi bo‘yicha maktabning 9-sinf o‘quvchisi Diana Ablahimova 2-o‘rin, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida nazm yo‘nalishi bo‘yicha Bolnur Madireymova 1-o‘rin, Madina Dalimbetova 2-o‘rin, nasr yo‘nalishida Oyjamol Sharapatdinova 1-o‘rin, Ulbosin Orazboyeva 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, joriy yil “Yong‘in hafvsizligi oyligi” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Jetkinshek” bolalar gazetasi hamkorligida o‘tkazilgan “Yong‘in – tilsiz yov” mavzuidagi ko‘rik-tanlovda 8-sinf o‘quvchisi Nurdona Biysenboyeva 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
2023/2024 o‘quv yilida tashkil etilgan fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ona tili va adabiyot fanidan 10-sinf o‘quvchilari Go‘zal Reypnazarova faxrli birinchi, Guldona Qidirboyeva ikkinchi, 9-sinf o‘quvchisi Doniyor Murotboyev informatika fanidan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SGUKWu6GhH8" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar