Shogirdlari yutug‘idan baxt topgan murabbiy
Navoiy viloyati Xatirchi tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Zafar Sattorov bir necha yildirki, mahoratli sportchilarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Navoiy viloyati Xatirchi tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Zafar Sattorov bir necha yildirki, mahoratli sportchilarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.Zafar Sattorov musobaqalarning birida jarohatlangani bois, 22 yoshidan murabbiylik faoliyatini boshlagan. O‘zi orzu qilgan yuksak marralarni shogirdlari timsolida zabt etishga astoydil kirishdi. Uning sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan erkin kurash seksiyasida ayni paytda 80 nafar bola mahorat oshirmoqda. Ular orasida xalqaro miqyosda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilar ko‘p.
Murabbiyning sog‘lom avlod tarbiyasi yo‘lidagi mehnatlari munosib taqdirlanib, Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.