...Fransiyadan xushxabar keldi. O‘zbekistonlik Bobur Mahkamboyev yosh musiqachilar tanlovida sovrinli o‘ringa loyiq topilibdi. Bu yangilikdan birinchilardan bo‘lib Boburning ustozi Zumrad To‘ychiyevaning qalbi hayajonga to‘ldi. 

...Fransiyadan xushxabar keldi. O‘zbekistonlik Bobur Mahkamboyev yosh musiqachilar tanlovida sovrinli o‘ringa loyiq topilibdi. Bu yangilikdan birinchilardan bo‘lib Boburning ustozi Zumrad To‘ychiyevaning qalbi hayajonga to‘ldi. Mehnati, izlanishlari zoye ketmaganiga shukronalar aytdi.

– Inson kamolotida, uning dunyoni teran anglashida, qalbi va ongida ezgu tuyg‘ular mustahkam qaror topishida musiqa san’atining ahamiyati beqiyos, – deydi xor dirijyorligi bo‘yicha yosh pedagog Nilufar Pardayeva. – Borliqning bor jozibasi, go‘zalligini, hamisha yuksak maqsadlar sari intilib yashash inson umrining bosh mazmuni ekanini aynan san’at vositasida angladim. Bunda mehridaryo ustozimning xizmatlari katta. 

R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining musiqa nazariyasi bo‘limi mudiri, mohir pedagog Zumrad To‘ychiyeva haqidagi bunday samimiy so‘zlarni uning ko‘plab shogirdlari, musiqashunoslar, ijrochilar, yosh o‘qituvchilar, nufuzli xalqaro tanlovlarning g‘oliblari, litsey o‘quvchilaridan eshitish mumkin.

Toshkent shahrida ziyoli oilasida voyaga yetgan Zumrad opa bolalikdan musiqaga oshno. Dastlab R.Glier nomidagi maxsus musiqa maktabini bitirgach, konservatoriyani kompozitsiya yo‘nalishi bo‘yicha, so‘ngra oliy bilim dargohi qoshidagi aspiranturani tamomlab, salkam qirq besh yildan buyon musiqa ta’limi sohasida faoliyat olib bormoqda. 

Katta pedagogik tajribaga ega bo‘lgan ustoz ko‘p yillar mobaynida musiqa, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi oliy ta’lim dargohlaridagi “Musiqa nazariyasi” kafedrasida, 2001-yildan buyon R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida yoshlarga musiqa ta’limidan saboq bermoqda. Opa o‘z faoliyati mobaynida ta’lim sifati va mazmunini tobora yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida u musiqa nazariyasiga taalluqli fanlar, musiqani chuqur anglash, tinglay olish qobiliyatini rivojlantirishga oid fan – solfedjio, ohanglar jarangi, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganuvchi fan – garmoniya, musiqa asarlarining tahlili kabi o‘quv predmetlari bo‘yicha dastur va standartlarning qayta ko‘rib chiqilishi, ularni davr talabiga mos takomillashtirishda faol ishtirok etdi. Z.To‘ychiyevaning “Solfedjiodan intonatsion mashqlar”, “Garmoniyadan yakka darslarni olib borish uslubi”, “Ko‘p ovozli diktant yozish o‘quvi”, “Polifoniyadan tahliliy mashq va masalalar” kabi mavzulardagi o‘quv qo‘llanmalari musiqa san’atiga oid maktablar, ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilmoqda. Musiqa ta’limiga oid davlat standartlari va o‘quv rejalar, dasturlar, qo‘llanmalarni yaratishda o‘quvchilarni boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz, musiqiy xazinamizning bebaho ne’matlaridan bahramand etishga, bunda milliy va jahon musiqa san’atining betakror an’analarini, musiqa san’atining rivojlanish tamoyillarini chuqur va atroflicha tahlil etishga alohida e’tibor qaratildi. 

– Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida o‘quv jarayoni bilan tarbiyaviy ishlar uzviy bog‘liq holda olib borilmoqda, – deydi Z.To‘ychiyeva. – Maktab ta’limini sifat va mazmun jihatdan yuksaltirish jarayonidagi ezgu ishlarda bolalar musiqa va san’at maktablarini bunyod etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, tubdan ta’mirlash, ularni eng zamonaviy o‘quv jihozlari, mebellar, cholg‘u asboblari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi ham mutlaqo yangicha qiyofa kasb etdi. Keng, fayzli, barcha qulayliklarga ega sinfxonalar, mashg‘ulot zallari bunyod etildi. Natijada jahon andozalari darajasidagi mazkur bilim maskanida farzandini o‘qitish ota-onalarning ezgu orzusiga aylandi. 2013/2014 o‘quv yilida ushbu litseyning 144 nafar o‘quvchisi mamlakat va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan turli nufuzli tanlovlar, san’at festivallari, konsertlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, diplom va sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgani zamirida Zumrad opa kabi fidoyi ustozlarning mashaqqatli mehnati, izlanishi, jonkuyarligi, kasbga sadoqati mujassam. 

Mohir o‘qituvchilardan musiqa saboqlarini o‘rgangan Shahnoza Husniddinova, Sitora Ibrohimova, Mohinur Hakimova, Qudrat Akbarov, Doniyor Zufarov, Yulduz Mullajonova singari o‘quvchilar fortepyano, skripka, violonchel, dutor, g‘ijjak kabi musiqa asboblari ijrochiligi bo‘yicha Fransiya, Germaniya, Italiya va boshqa ko‘plab davlatlarda o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 

Zumrad opa har bir dars mashg‘ulotiga puxta tayyorgarlik ko‘radi. Qo‘shimcha materiallar, yangiliklar, ma’lumotlarni to‘playdi. Darsning yanada qiziqarli bo‘lishi yo‘lidagi bunday intilishlar natijasiz qolmaydi, albatta. Bu o‘quvchilarning bilim olishga, boy ma’naviy, musiqiy merosimizni puxta o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishini tobora oshiradi. 

Z. To‘ychiyeva pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda bastakorlik yo‘nalishida ham faol ijod qilib kelmoqda. Milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan turli janrlardagi musiqiy asarlar – kantata, uvertyura, simfoniya, simfonik orkestr uchun syuita, torli kvartet uchun asarlar, fortepyano uchun pyesa, ashula va romanslar shular jumlasidan. 

Musiqa maktabi – turfa cholg‘ulardan taralgan ohanglar maskani, yosh iste’dod sohiblari uchun ijod va izlanish maktabi. Litseyda muntazam tarzda o‘tkaziladigan konsertlar, atoqli bastakorlar, musiqashunoslar, ijrochi va xonandalar bilan uchrashuvlarni tashkil etishda Zumrad opa asosiy tashabbuskor. Uning aytishicha, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, san’at bayramlari, musiqa haftaliklari o‘quvchilarning bilim va mahoratini charxlash, tajribasini boyitishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Prezidentimizning farmoniga ko‘ra Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligi arafasida musiqa ta’limi rivoji yo‘lida samarali xizmat qilib kelayotgan jonkuyar ustozning mehnatlari yuksak baholanib, Z.To‘ychiyeva “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu yurtimizda halol va fidokorona mehnat doim qadr va e’zoz topayotganining amaldagi yana bir ifodasidir. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shogirdlar kamoli – ustoz baxti