Sirdaryo viloyatining Shirin shahri aholisi uchun bu yilgi eng ulug‘ va eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi o‘zgacha shukuh bilan nishonlandi. Bayram tantanalari “Sirdaryo IES” homiyligida yangitdan bunyod etilgan zamonaviy “Orom” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Yangi bog‘ nafaqat shahar aholisi, balki energetiklar shahriga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun ham quvonchli hordiq maskaniga aylandi. Bu yerda bir kilometrga yaqin xizmat yo‘laklari, 500 metrdan ortiq piyodalar yo‘laklari qurilib, 6 ta zamonaviy attraksion o‘rnatildi.  O‘zidan xush islar taratib turgan gulzor esa boqqa alohida tarovat bag‘ishlab, uni haqiqiy madaniy dam olish maskaniga aylantirdi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tgan asosiy bayram tadbirida shahar hokimi Niyoz Hazratqulov nutq so‘zlab, mustaqillik yillarida mamlakatimizda, jumladan Shirin shahrida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari  va islohotlar haqida to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, sanoat, qurilish, ijtimoiy hayot va infratuzilmadagi yuksalishlar — mustaqillik bergan ulkan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Tantanalar davomida faol nuroniylar, yoshlar, sportchilar, o‘qituvchi va murabbiylar, energetiklar, shuningdek, shahar obodonchiligi yo‘lida tolmay xizmat qilayotgan “Obodonlashtirish” va “Toza hudud” korxonalari xodimlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

– Biz katta avlod vakillari, yurtimizda kechayotgan yangilanish va obodonlikdan cheksiz quvonchdamiz, – deydi shodiyonada ishtirok etgan mehnat faxriysi Ashurali Xo‘janov. – Ilgari bunday go‘zal istirohat bog‘lari faqat katta shaharlardagina bo‘lardi. Endi esa bizning Shirinimizda ham aholi va yoshlar uchun mana bunday maskan yaratilgani — mustaqillikning beqiyos ne’matidir. Yigit-qizlar ana shunday sharoitlardan unumli foydalanib, vatanga sodiq va bilimli avlod bo‘lib, kamol topishiga ishonaman.

Badiiy dastur ham g‘oyatda  rang-barangligi va ko‘tarinki ruhi bilan hech kimni befarq qoldirmadi. Yosh ijodkorlar va xalq ansambllari chiqishlari, madaniyat bo‘limi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari va raqslari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shodiyonalar yangi istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi