Shixnazarov Jamol Alisherovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Intermodal tashishlarda yuklarni yetkazib berish transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish» mavzusida
Shixnazarov Jamol Alisherovichning 05.08.03 – «Temir yo‘l transportini ishlatish» (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «Intermodal tashishlarda yuklarni yetkazib berish transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish» mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasining (PhD) himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 18-mart soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy.
Telefon: (99871) 299-00-01, faks: (99871)293-57-54.
e-mail: rektorat@tstu.uz