🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Shirinda sayyor qabul tashkil etildi

Shirinda sayyor qabul tashkil etildi
Jamiyat
Tanlaş
17:10 / 18.08.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23 iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etish, videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ommaviy qabullar, aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Shirin shahri xokimi, 1-sektor rahbari Sarvarbek Sultonov boshchiligida Mirzo Ulug‘bek mahallasida aholi bilan sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda aholi tomonidan asosan, uy-joy, ishga joylashish, kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda jami 9 nafar fuqaro murojaat yo‘lladi. Qabulda ishtirok etgan 3 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilib, 1 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 5 nafar fuqaroning murojaatida keltirilgan masalalar muddat talab etilganligi sababli qat’iy nazoratga olindi.

Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA

Muallif: shuhratsuyarov