Akademik eshkak eshish — texnik jihatdan yuqori infratuzilmani talab etuvchi sport turi. Oxirgi yillarda suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, suv polosi kabi yo‘nalishlar qatorida ushbu sport turiga bo‘lgan e’tibor ham ortib bormoqda. Eng muhimi, akademik eshkak eshish yurtimizda Olimpiya sport turi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, “Olimpiya zaxiralari”ni shakllantirishda strategik ahamiyatga ega.

Shu bois, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi sport maktabida ham yoshlarni suv sporti turlariga jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash va ularni professional sportchi sifatida tayyorlashga katta e’tibor qaratilyapti.

– Prezidentimizning 2024 yil 4 noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq maktabimizda suzish, sinxron suzish, baydarka va kanoe, parasuzish, parkanoe hamda akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan, – deydi Shirin shahar sport maktabi direktori Zafar To‘xtarov. – Ayniqsa, akademik eshkak eshish yo‘nalishida 12 nafar malakali murabbiy faoliyat yuritmoqda. Ular qo‘l ostida 486 nafar yosh sportchi muntazam mashg‘ulot olib bormoqda. Ular viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Quvonarlisi, yoshlarimizning ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa, avvalo, davlat rahbarining sohadagi oqilona siyosati samarasidir.

Akademik eshkak eshish sog‘lom turmush tarzi, iroda va intizomni talab etadigan sport turi hisoblanadi. Sirdaryolik yoshlar bu yo‘nalishda ham respublika, ham xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Eng quvonarlisi — ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safini to‘ldirib borayotganlar soni ko‘paymoqda. Bu, shubhasiz, sohadagi tizimli islohotlar samarasidir.

Masalan, mamlakatimizning terma jamoasi tarkibida “Rio–2016” va “Tokio–2020” Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev, “Parij–2024” Olimpiadasida qatnashgan Anna Prakatent aynan ushbu sport maktabida tarbiya topgan.

– Gap faqat faxrlanishda emas, natijalarda ham. Joriy yilning o‘zida maktabimiz sportchilari respublika chempionati va kuboklarida jami 28 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan 12 tasi — oltin, 10 tasi — kumush, 6 tasi — bronza medallardir. Shu bilan birga, 20 nafar sportchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga asosiy a’zo sifatida qabul qilindi, yana 5 nafari — zaxira tarkibda, – deydi maktab rahbari.

Akademik eshkak eshish tashqi ko‘rinishdan oddiy tuyulsa-da, amalda u yuqori texnik mahorat va infratuzilmani talab qiladi. Shuning uchun ham bu sport turi bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy inventarlar, xususan, yuqori sifatli qayiqlar zarur. 

– 2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan umumiy qiymati 627,3 million so‘mlik 5 ta zamonaviy qayiq — 2 ta yakkalik va 3 ta juftlik ekipaj maktabimizga olib kelindi, – deydi Zafar To‘xtarov. – Shuningdek, “Ochiq byudjet” tashabbusi doirasida 523,9 million so‘mlik 2 ta to‘rt kishilik qayiq ham xarid qilindi. Sportchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qiymati 700 million so‘mlik, 40 o‘rinli zamonaviy yotoqxona qurildi. Bu esa uzoq hududlardan kelib mashg‘ulot o‘tayotgan yoshlar uchun ajoyib qulaylik bo‘ldi.

Sport maktabi tarbiyalanuvchilari — Shahboz Xolmirzayev, Shahboz Abdujabborov, Alisher Yarov, Anatoliy Krasnov, Fazliddin Karimov, Samira Roziqova, Anna Prakatent va Luiza Islomova kabi sportchilar xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda. 

Shu jihatdan olib qaralganda, Shirin shahrida akademik eshkak eshishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat mahalliy, balki milliy sport doirasidagi islohotlarning uzviy davomidir. Malakali murabbiylar, zamonaviy sport anjomlari va mustahkam infratuzilma — bularning barchasi Shirinni ushbu sport turi bo‘yicha respublikadagi yetakchi markazlardan biriga aylantirmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirinda akademik eshkak eshish rivojlanmoqda