Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati Shirin shahar bo‘limi tomonidan «Sohaga oid qonunchiliklar va undagi o‘zgarishlar» yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida Kadastr agentligi Shirin shahar bo‘lim rahbari Sh.Ibragimov tomonidan Prezidentimizning joriy yil 24 avgustdagi «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va joriy yilning 20 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirildi.

Shuningdek tadbir so‘ngida «Shirin shahrida amalga oshirilgan ishlar» yuzasidan 10 oylik hisobot tinglandi hamda fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirin shahrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 oylik hisobot tinglandi