Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Shinjon Uyg‘ur Avtonom Rayoni o‘tgan yili xavfsiz sayyohlik maskani sifatida rekord miqdordagi sayyohlarni qabul qildi. O‘tgan yili mintaqaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 265 million kishiga yetdi, 2012 yilda bu ko‘rsatkich 48,6 million kishini tashkil etgan edi.

Tahlilchilarning fikricha, sayyohlar nazarida Shinjon jamoat tartibini mukammal boshqarish va xavfsiz ijtimoiy muhitga ega bo‘lgan joyga aylandi. Mintaqa aeroportlarida yo‘lovchi tashish o‘tgan yili birinchi marta 40 milliondan oshdi. Bu raqamlar nafaqat Shinjonda turizm sanoatining kuchli sur’atini aks ettiradi, balki odamlar bandligini kengaytirish, iste’molni rag‘batlantirish va mahalliy aholi farovonligini oshirishdagi rolini ham namoyish etadi. 2024 yilda Shinjon hukumati sayyohlik sohalarida bir qator infratuzilma loyihalarini boshladi, mahalliy turizm resurslarini rivojlantirishda ishtirok etish uchun yirik korxonalarni jalb qilish maqsadida transchegaraviy turizm va xalqaro turizm sohasidagi hamkorlik zonalari uchun tajriba zonalarini yaratdi.

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan mamlakat shimoli-g‘arbiy qismidagi Shinjon Uyg‘ur Avtonom Rayoniga safar qilgan o‘zbekistonlik jurnalist va olimlar Ili-Qozoq avtonom okrugiga ham borishdi. Shu o‘rinda ko‘pchilik Xitoydagi ma’muriy birlik sifatida ko‘riladigan “Rayon”ni tuman deya tarjima qiladi va ishlatadi. Bu mutloqo noto‘g‘ri. Masalan, uyg‘urlarning o‘zlari Rayon sifatida ishlatadi. Shuningdek, Ili-Qozoq avtonom okrugi qozoqchada “Іle Qazaq avtonomiyalыq oblыsы”, uyg‘urchada esa “Ili Qazaq aptonom vilayәti” sifatida qo‘llaniladi. Demak, biz Ili Qozoq avtonom viloyati desak to‘g‘riroq bo‘ladi. O‘z navbatida Ili Qozoq avtonom viloyati ham bir nechta okrug, uyezd va shahar uyezdlariga bo‘lingan. Okruglar qozoqchada “aymaq”, uyg‘urchada “viloyat” deb yuritiladi. Shahar uyezdlarini qozoqlar “qa’la”, uyg‘urlar “shahar” deb atashadi. Uezdlar esa qozoqchada “audan”, uyg‘urchada esa “nohiya” deb yuritiladi.

Chet elga safarga chiqmoqchi bo‘lsam, odatimga ko‘ra, borar manzilimni internet orqali o‘rganaman. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Dasturda Urumchidan Narat milliy o‘rmonchilik qo‘riqxonasiga borish ko‘rsatilgan edi. Qancha qidirmay internet Narat shahrini topib bera olmadi. Urumchi aeroportida ham Narat shahri ko‘rsatilmagan edi. Tavakkal qilib uchdik. Bir soatlik parvozdan keyin 100 kishilik samolyot bepayon dala o‘rtasidagi 2-3ta kichik samolyotlarga mo‘ljallangan aerodromga qo‘ndi. Bizlarni Ili Qozoq avtonom viloyati tashqi ishlar boshqarmasi xodimlari kutib oldi.

Narat dasht landshaft zonasi Shinjon Uyg‘ur avtonom rayonining Ili daryosi vodiysining sharqiy qismidagi Sinyuan uyezdi hududida joylashgan. Uning umumiy maydoni 960 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Janubdan shimolga dasht zonasi, folklor zonasi va sayyohlar uchun kemping mavjud. Bu yer Shinjon Uyg‘ur Avtonom Rayonining eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biridir. Asosiy ob’ektlari - yozgi yaylov (Syamuchan), Ketszыlasya sharsharasi, Vantyandun g‘ori hisoblanadi. Shuningdek, bu yer Xitoyning oltita eng go‘zal dashtlaridan biri bo‘lib, 2011 yil yanvar oyida davlat toifasidagi 5A sayyohlik zonasi maqomini oldi.

"Narat" mo‘g‘ul tilida "quyosh bilan yoritilgan joy" degan ma’noni anglatadi. Bu nom afsonadan kelib chiqqan: "Chingizxonning g‘arbga yurishi paytida uning qo‘shinlarining bir qismi Tyanshan tog‘ tizmalari bo‘ylab Ili yo‘nalishi bo‘yicha tor yo‘l bo‘ylab yo‘lga chiqdi. Bahor bo‘lishiga qaramay tog‘larda qalin qor yog‘di. Och va sovuqotgan jangchilar juda charchagan edilar. Tog‘ni kesib o‘tishganlarida, ular quyosh bilan yoritilgan yam-yashil gulli dashtlarni ko‘rib hayron qolishdi va shodlanishdi. Jangchilar boshqa dunyoga tushib qolgandek bo‘ldilar va shodlikda: "Narat, narat", deb baqirishdi. Dashtning nomi ana shundan kelib chiqqan.

Ammo Ili Qozoq avtonom viloyati tashqi ishlar boshqarmasi xodimlari “Narat” nomi “Nor ot” degan ma’noni anglatishini ta’kidlashdi. Bizlarni Narat tog‘larining shimoliy qismi (Tyanshan tog‘lari tizmalari)da joylashgan «Narat» Milliy landshaft bog‘iga olib borishdi. Ko‘plab chet el mamlakatlarida bo‘lganman, ammo bunaqa go‘zal va so‘lim manzarani ko‘rmaganman. O‘rmon bog‘i archazorlar negizida yaratilgan. Park xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, archa ekilgan maydon 10 gektardan ortiq. «Narat» Davlat o‘rmon bog‘i 1999 yilda ochilgan. Bu xitoylik va chet ellik sayyohlarning sevimli dam olish maskanlaridan biridir. Dashtda issiq suv, televizor, konditsioner va sivilizatsiyaning boshqa afzalliklari bo‘lgan shinam kottejlarda tunashingiz mumkin bo‘lgan bir nechta turistik bazalar mavjud. Yoz - Narat dashtlarida issiq sayyohlik mavsumi hisoblanadi. Iyul oyining boshlarida har kuni bu yerga besh mingga yaqin sayyoh keladi. O‘simliklarga boy Narat dashtlari dunyodagi to‘rtta yirik dashtlar qatoriga kiradi. Narat dashtlarida o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik 800 mm bo‘lib, bu yem-xashak o‘simliklarining o‘sishiga hissa qo‘shadi. Bu yer ko‘plab parranda va darrandalar uchun yashash joyidir. Narat Dashti - janubi-sharqda baland tog‘ tizmasi bilan chegaradosh va shimoli-g‘arbda Gunnais daryosida joylashgan ulkan yaylov bor.

Xorgos (Qorg‘ash) uyezdidagi shaftolizor qishlog‘iga bordik va mehmon uylarni ko‘rdik. Sayyohatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilibdi. Shundan so‘ng Chjunxua Fushoushan tabiat bog‘iga bordik. Bu yerdagi manzaralar odamga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

Ha, aytgancha, aerodromdan Narat vodiysi tomon kelar ekanmiz, yo‘lboshlovchilardan o‘zbeklar yashaydigan maskanlar haqida so‘radik. Ular “yo‘lda Qorasuv qishlog‘i borligini, u yerda faqat o‘zbeklar istiqomat qilishini” aytishdi. Aytishlaricha, hukumat kam sonli aholi uchun milliy ruhda uylar qurishi uchun byudjetdan mablag‘ ajratar ekan. Buni biz Qorasuv qishlog‘idan o‘tib ketayotganimizda (afsus, vaqt tig‘iz bo‘lgani bois to‘xtamadik) o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Biz ko‘rgan o‘zbeklarning uylari o‘tgan asrning 20-30 yillaridagi o‘zimizdagi (“O‘tkan kunlar” filmida aks etgan) uylarni eslatib yubordi.

Kun bo‘yi tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lib, Ili Qozoq avtonom viloyatining ma’muriy markazi G‘ulja (uyg‘urcha: غۇلجا‎, G‘ulҗa) yoki Inin (xitoycha, pinin: Yíníng) ga kechqurun kirib keldik. Aytishlaricha, shahar o‘rnida qadimda lama ibodatxonasi bo‘lgan. G‘ulja toponimining etimologiyasi ham shu ibodatxona nomi bilan bog‘liq, deyishadi. Biroq mahalliy xalq o‘rtasida saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘ulja — arxar so‘zining qadimiy turkiy nomidir. Shaharda 2400—2500 yillar muqaddam misdan yasalgan arxar haykali topilgan. Bu esa G‘ulja toponimining tarixi eramizdan avvalgi 5-asrga borib taqalishini ko‘rsatadi. G‘ulja va uning atrofida topilgan 3 ming yillik tarixga ega arxeologik buyumlar (oltin va misdan yasalgan hayvon va odamlar haykalchalari, maishiy buyumlar va boshqalar) bu yerda qadimdan rivojlangan madaniyat mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Chingizxonning 2-o‘g‘li Chig‘atoy hukmdorligi davrida shaharda hunarmandchilik rivojlandi. Jung‘ariya xonligi davrida (1635—1755) xon o‘rdasi G‘uljaga yaqin yerda joylashgan. Sin imperiyasi G‘uljada o‘z harbiy qo‘mondoni va qo‘shinlarini joylashtirgan. O‘sha davrda G‘ulja atrofida 6 qal’a qurilgan. 18-asrda shahar ayniqsa rivojlandi.

G‘uljada asosan uyg‘ur, qozoq va dunganlar istiqomat qiladi. G‘ulja shahar uyezdi 8 ta mahalla qo‘mitasi, 1 ta posyolka va 8 ta volostdan tashkil topgan. Inin yirik to‘qimachilik markazi hisoblanadi. Tyanshan tog‘ etaklaridagi gullar maydoniga ko‘plab sayyohlar qiziqish bildiradi. Shahar markazida “Olti yulduz” nomini olgan ko‘cha bor. 2010 yil SHUAR Xalq hukumati qarori bilan ko‘chaga shu nom berilgan. Ayni damda bu yerda beshta tarixiy bino va bitta munitsipal bo‘linma joylashgan bo‘lib, ular madaniy meros obidasi sifatida muhofaza qilinadi.

O‘zbekistonlik jurnalistlar G‘uljaning eski shahar qismidagi «Kazanchi» (“Qozonchi”) turistik zonasiga ham bordi. «Qozonchi» zonasi salkam 23 kvadrat kilometrni tashkil qilgan bo‘lishiga qaramay, ayni damda 4,2 kvadrat kilometr hudud o‘zlashtirilgan. Mahalliy turizmni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash maqsadida 2007 yilda 100 mln. yuan miqdorida investitsiya kiritilgan. Mazkur hudud 4A darajadagi milliy turistik diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Ayni damda 5A darajasiga chiqarish maqsadida sa’y-harakat qilinmoqda.

Yorqin va shovqinli tarixiy ko‘chalar bo‘ylab yurar ekansiz, beixtiyor uylarning me’moriy xususiyatlariga e’tibor qaratasiz. Diqqatingiz hayot va ranglarga to‘la yodgorlik do‘konlariga qaratiladi. Mazali hidlari anqib turgan taomlar o‘ziga jalb qiladi, ajoyib musiqadan mast bo‘lasiz. Mahalladagi tosh uylar sizni o‘tmishga chorlaydi. Bu yerga kelganlar qoniqish bilan qaytishlari aniq.

Qadimiy mahallada Sin sulolasi hukmdorligidan to shu bugungacha bo‘lgan davrga oid 300 dan ortiq qadimiy inshoatlar bor. Bu yerda turli millat va elatlarning xalq va oshxona madaniyatiga oid nomoddiy madaniy merosi bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bu o‘z navbatida 3 000 dan ortiq kishining ish bilan ta’minlanishiga sabab bo‘lgan. Mintaqada yashovchi xalqlarning an’analarini namoyish qilish maqsadida o‘sha xalqlarning uylari va an’analari asl holicha saqlangan.

G‘ulja shahrida 56 millat vakillari yashaydi. Biz Xitoy me’morchiligi asosida barpo qilingan Shansi jome’ masjidiga borib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdik. Aytishlaricha, masjid 1741-1761 yillari shansilik usta-hunarmandlar qo‘li bilan bunyod etilgan ekan. Masjid 2010-2015 yillarda restavratsiya qilingan. Masjid imom xatibi Hasan hoji ibn Tohirning ta’kidlashicha, shaharda istiqomat qiladigan qozoq, uyg‘ur, dungan, qirg‘iz, o‘zbek, tatar va boshqa millatga mansub fuqarolardan 500 nafari juma namozida, hayit kunlari 2 yarim mingga yaqin odam masjidga kelar ekan. Masjid kutubxonasida diniy mazmundagi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar bor.

G‘uljaga tashrifimiz mobaynida qadimgi so‘lim karvonsaroy o‘rnida faoliyat yuritayotgan O‘lkashunoslik muzeyiga borish nasib qildi.

Sharofiddin To‘laganov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shinjon Uyg‘ur Avtonom Rayoni sayyohlik maskani sifatida rekord miqdorda sayyohlarni qabul qilmoqda