Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida Sirdaryo viloyatidagi Asab va ruhiy kasalliklar shifoxonasi qayta rekonstruksiya qilingan, ko‘rkam va zamonaviy binoda ish boshladi.

Mazkur muassasani ochilish marosimida Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi direktori Zarifjon Ashurov, soha xodimlari, faxriy va nuroniylar ishtirok etdi. Shifoxona binosini qayta rekonstruksiya va ta’mirlash uchun davlat byudjetidan qariyb 11 milliard 100 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ta’mirlash ishlarini viloyatdagi “Charos nur baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari amalga oshirdi. 

Yangi binoda konsultativ poliklinika, laboratoriya, 200 o‘ringa mo‘ljallangan davolash profilaktika bo‘limlari mavjud. Konsultativ poliklinikaga maslahatga kelayotgan aholi vakillariga, qolaversa, asab va ruhiy kasalligi sabab davolash profilaktika bo‘limida davolanayotgan bemorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev soha xodimlari va faxriylar hamrohligida shifoxona binosini ko‘zdan kechirdi. So‘ngra soha xodimlari, quruvchilar bilan uchrashib, muassasa atrofini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi. 

[gallery-13178]

Qayta rekonstruksiya qilingan va ishga tushirilgan yangi bino Sirdaryo viloyati Asab va ruhiy kasalliklar shifoxonasida ishlayotgan soha xodimlari, davolanayotgan bemorlar uchun bayram sovg‘asi bo‘ldi. 

Sh.Suyarov, 
Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifoxona zamonaviy binoda ish boshladi