Shifokorlar: och qoringa shakarli qahva zararli
Qorin och payti shakarli qahva ichish tavsiya etilmaydi, chunki ichimlik tarkibidagi glyukoza qisqa muddatli to‘qlik hissini uyg‘otadi va bu holat semirishga moyillikni keltirib chiqaradi, deydi Moskva viloyatidagi Vidnovsk klinika kasalxonasi endokrinolog shifokori Mariya Kaloshina “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.
– Och qoringa mevali sharbat yoki shakarli qahva icha ko‘rmang, deya ogohlantirgan u. – Zero, bir zumga to‘qlik hissini beradigan glyukoza ortiqcha vaznga yo‘l ochadi. Shuningdek, tanangizni kerakli vaznda saqlash uchun ertalabki nonushtada bodroq, turli qarsilloq pishiriq tanovul qilish ham ma’qul emas, chunki bunday yeguliklar tarkibida ham shakar va un ko‘p.