| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Shifokor 1000 dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi

Buxoroda firibgarlikka qo‘l urgan shifokor jinoyat ustida ushlandi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
“Xavfsiz hudud” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Aniqlanishicha, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shifokori o‘zga bir fuqaroni aldab, ishonchini suiiste’mol qiladi. Fuqaroni vakolatli tanishlari orqali RSHTYOIM Buxoro filialiga hamshiralik ishiga kiritish evaziga 1000 AQSH dollari pora berishga da’vat qiladi. Natijada muassasa hududida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA
Muallif: zarifkomilov




