ŞHTning xavfsizlik böyiça Universal markazi Toşkentda joylaşadi
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi majlisi bölib ötdi.
Unda “Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va çaqiruvlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markazi töğrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonun dastlabki tarzda körib çiqildi.
Mazkur Bitim bilan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi negizida xavfsizlikka tahdid va çaqiruvlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markaz taşkil etilmoqda.

Markaz Toşkent şahrida joylaşadi, Transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş markazi esa uning tarkibiy bölinmasi maqomida Bişkek şahrida faoliyat yuritadi.
Universal markaz taşkilotning doimiy faoliyat yurituvçi organi bölib, terrorizm, separatizm, ekstremizm va transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, şuningdek, ularning axborot makonidagi körinişlariga qarşi kuraşişda aʼzo davlatlar vakolatli organlarining hamkorligini muvofiqlaştiradi.

Hujjatda markazning huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, kengaş hamda ijroiya qömitasining vakolatlari, moliyalaştiriş tartibi, xodimlarning huquqiy holati, imtiyoz va immunitetlar, şuningdek, nizolarni hal etiş tartibi aniq belgilab qöyilgan.
Qonun Toşkent şahrining mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasidagi maqomini mustahkamlaydi. Axborot makonidagi tahdidlarga qarşi kuraşişda hamkorlik doirasini kengaytiradi. Mamlakatimiz vakolatli organlarining ŞHTga aʼzo davlatlar tegişli tuzilmalari bilan özaro hamkorligini yanada samarali taşkil etişga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
ÖzA