Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti va BRIKS davlatlari vakillari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan superfinal o‘yinlarida mamlakatimiz vakillari munosib natijalarni qayd etdi.
SHHT va BRIKS davlatlarining mahoratli yosh shaxmatchilari qatnashgan mazkur turnirning “A” guruhida O‘zbekiston chempioni, 8 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati kumush medali sohibi Fazliddin Farhodov, “B” guruhida standart va rapid yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, G‘arbiy Osiyo chempioni Husnoraxon Husnitdinova mamlakatimiz sharafini himoya qildi.
Qiziqarli kechgan bahslarda hamyurtimiz H.Husnitdinova 2013–2015-yillarda tug‘ilganlar orasida 9 imkoniyatdan 6.5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni, 2016 yil va undan kichiklar guruhida 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plagan Fazliddin Farhodov 3-o‘rinni egalladi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA