Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammiti o‘z yakuniga yetdi.
Sammitda a’zo davlatlar yetakchilari 40 ga yaqin hujjat, jumladan, uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishning kompleks rejasini imzoladilar. Sammitdan so‘ng Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va SHHT Bosh kotibi Chjan Min SHHT sammiti yakunlari bo‘yicha brifing o‘tkazdi. Chjan Min O‘zbekiston SHHT sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazganini ta’kidlab, bu bilan mamlakatimizni tabrikladi. Navbatdagi SHHT sammiti ilk marotaba Hindistonda o‘tkaziladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pJBFPcg09zE" title="SHHT sammiti - 2022" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>O‘zA