SHHT: Hindiston – Pokiston ziddiyatli munosabatlari tashkilot kun tartibini oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatmoqda
Ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy va tarixiy qarama-qarshiliklar asosida yillar davomida kuchayib borayotgan qurolli ziddiyatlar oʻtgan hafta yanada avj oldi.
Ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy va tarixiy qarama-qarshiliklar asosida yillar davomida kuchayib borayotgan qurolli ziddiyatlar oʻtgan hafta yanada avj oldi.Xususan, joriy yilning 14 fevral kuni Hindistonning Jamma va Kashmir shtatida Pokiston terror guruhi tomonidan Hindiston harbiylariga qarshi amalga oshirilgan terakt ushbu ziddiyatli munosabatlarni yanada kuchayishiga turtki boʻldi.
Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarovning RIA Novosti axborot agentligiga bergan maʼlumotiga koʻra, hududdagi ushbu notinch vaziyat oʻz navbatida SHHT kun tartibidagi tadbirlarni qoldirishi yoki bekor qilinishiga sabab boʻlmoqda.
“16 fevral kuni Hindiston hukumati SHHTning Hindistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlarini keyinga qoldirilishi yuzasidan qaror qabul qildi”, deydi Aybek Smadiyarov.
U shuningdek, tashkilot nizomiga koʻra, aʼzo davlatlar nizoli masalalari tashkilot yigʻilishida muhokama qilinmasligini maʼlum qildi.
Maʼlumot oʻrnida, 2011 yil Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari tomonidan tashkil etilgan SHHTga 2015 yilda aʼzo sifatida Hindiston va Pokiston davlatlari ham kiritilgan edi.