SHHT axborot xavfsizligi sohasida yetakchi
Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Grigoriy Logvinov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan SHHTning axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi doirasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, SHHT davlatlarning axborot makonida mas’uliyatli ish olib borishi uchun huquqiy va majburiy me’yorlarni ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ilmiy-ekspert forumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Dushanbe sammitida ilgari surgan tashabbusni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
G.Abdullayeva, B.Xudoyberdiyev, N. Xaydarov (surat), O‘zA