4-pozitsiya "Shevrolet Kobalt" avtomobilini 1 mln so‘mga arzonroq sotib olish mumkin.
Endi u mijozlarga o‘rindiqni isitish modulisiz taklif etiladi
“UzAuto Motors” kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, yuzlab tayyor "Kobalt" avtomobillari zavod avtoturargohida o‘zlarining yangi egalarini kutmoqda.
Birgina yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sabab avtomobildagi o‘rindiqni isitish tizimi ishlamasligi avtomobilni egasiga topshirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib, kompaniya yaqin orada 4-pozitsiya "Shevrolet Kobalt"ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni o‘rindiqni istish modulisiz taklif etadi.
Ushbu komplektatsiya 1 mln so‘mni tashkil etadi. Ularning narxi avtomobilning umumiy narxidan olib tashlanadi.
Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada o‘z egalariga yetkazilishini ta’minlaydi, deyiladi xabarda.
Mohigul Qosimova,
O‘zA