Sherzod Xoʻjayev: Elektr energiyasining raqobatli bozorini shakllantirishda xususiy sektorlarni jalb etamiz
Joriy yilning 5-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Joriy yilning 5-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan Energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod XOʻJAYEV quyidagilarni maʼlum qildi.
"Bugungi yigʻilishda barcha sohalar qatori energetika sohasida ham davlat sheriklik tamoyili asosida amalga oshirilayotgan investetsiya loyihalari muhokama qilindi. Imzolangan shartnomalar asosida elektr stansiyalar qurilishini jadallashtirish, xorijiy hamkorlarga mamlakatimizda qurilish-mantaj ishlarini amalga oshirishi uchun barcha zarur sharoitni yaratish, xorijiy mutaxassislarni pandemiya sharoitida Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha hamda 2020-yil yakuniga qadar loyihalar doirasida oʻzlashtiradigan mablagʻini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, davlat sheriklik tamoyili asosida nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish balki isteʼmolchilarga sotish vazifalarini amalga oshirishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorini shakllantirishda xususiy sektorlarni jalb etish topshirigʻi berildi. 2020-yildan boshlab biz elektr energiyasini uch bosqichda ulgurji va chakana raqobatli bozorini shakllantiramiz va bosqichma-bosqich xususiy sektorni shu ishlarga jalb etamiz"