Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiya ijodi, ibratli fazilatlari, hayotiy qarashlari bilan hali-hamon ko‘pchilik qizlar uchun namuna olishga arzirli ijodkor sifatida yodga olinadi.

Ayni paytda uning nomi, ijodi, butun faoliyati bahor, ayol mehr-sadoqati, jonajon O‘zbekistonimiz, maftunkor tabiat bilan uyg‘un, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Har yili mamlakatimizda bahorning ilk kuni O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludi bilan uyg‘un nishonlanadi.  

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘i Adiblar xiyobonidagi Zulfiya haykali poyida adabiyot muxlislari, yozuvchi va shoirlar, keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar jam bo‘ldi.

Mamlakatimizda jamiyatda ayol-qizlarning mavqeini tobora yuksaltirish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalasiga dolzarb vazifa sifatida yondashilmoqda. 26 fevral kuni Prezidentimiz o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ayollar, qizlarning hayotiy muammo va tashvishlarini yengillatish borasida belgilab olingan amaliy choralar buning yana bir yorqin isbotidir.

Ayol ijodkorlarga bo‘lgan e’tibor milliy adabiyotimizda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ayniqsa, ustoz shoira va adibalarning ijodiy merosini o‘rganish, ayol shoiralarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rupova, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori Turdiqul Berdimurodov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulug‘ova va boshqalar atoqli shoira Zulfiya ijodida Vatanni, odamlarni, tabiat, borliqni sevish, qadrlash, hayotning, qadrdonlarning qadriga yetish, mehr-sadoqat, chin insoniylik, samimiyat tarannumi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan muazzam Adiblar xiyoboni yosh shoira qizlarimiz uchun ham she’riyat, mahorat, iste’dod, nafosat maydoniga aylandi.

Yaxshi niyatlar, ezgu maqsadlar bilan mamlakatimizda ko‘p yillar avval ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iste’dodli qizlarga topshirilmoqda. bugungi davr qizlarning nainki ushbu mukofotga, balki kamtarlik, chin odamiylik, oddiylikda, halollikda ibrat bo‘lgan Zulfiyaxonimdek ijodkorga munosib izdosh bo‘lishni talab etmoqda.

Tadbirda shoira Zulfiya Mo‘minova ustozga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi. Shoira va tarjimon Begoyim Xolbekova Zulfiyaning she’rlarini ingliz tilida o‘qidi. Xalqimizning ardoqli shoirasi nomidagi davlat mukofotlari sohibalari o‘z ijodidan namunalar aytishdi.

Zulfiya xonadonining oila a’zosi Lola Muhiddinova bugun ham ijodkor merosiga katta e’tibor qaratilayotganini, davlatimiz tomonidan ustoz shoira ijodini, xotirasini e’zozlash borasidagi katta e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

[gallery-1334]

Adabiyotshunos olimlarning fikricha, Zulfiyaning "Dalada bir kun" , "Tong qo‘shig‘i" nomli she’rlar turkumi, "Men tongni kuylayman", "Yuragimga yaqin kishilar", "Kuylarim sizga" to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uning "So‘roqlaydi shoirni she’rim", "Oydin" , "Quyoshli qalam" kabi ocherk va dostonlari Hamza Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan. Zulfiya Hamid Olimjonning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pesa va opera librettosini ham yaratgan. Zulfiya «Uylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan edi. Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgandi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur «Mushoira» asarini yaratdi.Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, M. Dilboziy va boshqa chet ellik ijodkorlar asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

– Zulfiyaxonim tavalludi ayyomi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanishi yaxshi an’anaga aylangan, – dedi "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi Zulfiya Mo‘minova.– E’tiborga molik jihati, bu sana yil davomida adabiyot, she’riyat bayramiga aylanib ketadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba qizlarining adabiy-badiiy dasturi namoyish etildi.  

Tadbir ishtirokchilari Zulfiya haykali poyiga gullar qo‘ydilar.  

Bu kabi tadbirlar mamlakatimizdagi barcha o‘quv maskanlarida, kutubxonalarda, mahallalar, ijodiy tashkilotlarda davom etmoqda.

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’rlari bahorni chorlagan shoira