_

Yaqinda taniqli shoir Safar Olloyorning “Mangulik guli” deb nomlangan tanlangan asarlarining uchinchi jildi nashr etildi: juda chiroyli va mukammal kitob bo‘libdi. Unda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Quvonchbek Mamiraliyev “Davrimizning novator shoiri Safar Olloyor ijodida ajib falsafiy-tasavvufiy ifoda va janriy-uslubiy izlanishlar tajalliysi” sarlavhali so‘ngso‘zida shunday yozadi: “E’tirof etish o‘rinliki, shoir ketma-ket uchta salmoqli-salmoqli – 31,5 (504 sahifalik), 33 (528 sahifalik) va 41 (656 sahifalik) bosma taboqli tanlangan asarlar to‘plamlariga ilgari nashr etilgan kitoblari ichidan tanlab emas, balki hali e’lon qilinmagan yangi she’rlaridan tartib berganligi hali adabiyotda uchramagan favqulodda ijodiy hodisa sifatida alohida ahamiyatga ega. Novator shoir o‘z ijodiy an’analariga sodiq qolgan holda, ushbu to‘plami orqali ham jahon she’riyatidagi eng nafosatli sonet janrida, shu bilan birga, o‘z kashfi – “uchshoda” deb nomlangan yangi dilbar she’riy janrda ko‘rkam va betakror falsafiy-tasavvufiy lirikasini adabiyot muhiblariga taqdim etgan: jahon she’riyatida kuzatilmagan 19 xil turoqda bitilgan 18 ta sonetlar guldastasi va noyob kutilmagan yangilik – 1 juft sonetlar qo‘shguldastasi; o‘zi asos solgan turkiy lison istilohidagi dilbar uchshodalar hamda yana 19 xil turoqdagi 19 ta uchshodalar guldastalari Safar Olloyorning ushbu to‘plamiga noyoblik yorlig‘ini zarb etgan.”

Chindan ham, u uch jilddan iborat “Tanlangan asarlar” ini nashrga tayyorlashda ham original yo‘ldan bordi. Ya’ni ilgari bir necha ajoyib kitoblar nashr ettirganligiga qaramay, yangitdan tartib bergan “Tanlangan asarlar” to‘plamlarining uchta jildiga ham avval chop etilgan  she’rlardan birortasini kiritmagan, ya’ni hammasi yangi asarlardan tashkil topgan. Bu yangilik – shu paytgacha she’riyatda uchramagan bag‘oyat noyob voqelik, favqulodda ijodiy hodisa.  Ajoyib to‘plamni o‘qigan kitobxon undan juda ko‘p  ma’naviy-estetik zavq oladi, ham dilbar nazm chashmasidan ruhoniy chanqog‘ini qondiradi, ayni bir paytda, bunday original tashbihlarga to‘la purma’no she’rlarga oshno tutingan dili ehtiroslarga limmo-lim bo‘lib, daryoday to‘lishib, ruhiy qanoat hosil qilishi tayin. Chunki o‘qirman undan o‘n to‘qqiz turdagi turoqda yozilgan o‘n to‘qqizta sonetlar guldastasini – o‘zi kutmagan go‘zal asarlarni mutolaa qilish sharafiga muyassar bo‘ladi. Masalan:

Zo‘r missiya bajargandek kerilmaylik,

Dilkash huzur-halovat ham o‘tkinchidir.

Shovqin esa, kar dunyoning o‘kinchidir –

Tugamaydi, unga meros mudom shaylik.

Ayo, sirdosh, haqiqatga tik qaraylik,

Kim aytarki, o‘rmon ahli o‘tinchidir,

O‘rmon – qo‘rg‘on, ho‘lu quruq o‘tini – sir,

Hayhot, ba’zan balolardan asrar hadik.

Tan olish kerakki, hayot sahnini tasavvufga o‘xshatish shu paytgacha hech bir shoirning xayoliga kelmagandi. Birgina bug‘doy doni tiriklik qo‘rg‘onini hayot ne’matlari bilan to‘ldirib, elu yurtga ma’murlik baxsh etishini shoir dilbar satrlarida ohorli tashbihlar bilan falsafiy-tasavvufiy yo‘sinda mohirona talqin qilgan. Nihoyat, o‘z oldiga qo‘ygan murod-maqsadga erishganini u shunday lirik kayfiyatda oydin ifodalaydi: “a’molu amallarim shoirga xos: Tabiatdan topar bo‘ldim fayz-farahni, Chanqog‘imga buloqlar baxsh aylar mazmun!!” Yaqqol ko‘rinib turibdiki, O‘zligini izlayotgan insonning ruhiy-estetik chanqog‘iga donishmandona xalq hikmatlariyu qadriyatlari – mangu buloqlar teran mazmun baxsh aylashi, chunki odamzod uchun kerakli barcha fayz-farah ona tabiatning o‘zida mujassam ekanligi nihoyatda chiroyli tasvirlangan.

Tasavvuf haqida gap ketar ekan, hazrat Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” asaridagi ushbu tasavvufiy baytni eslash o‘rinlidir:

Biri buki, bir jazba Haqdin yetib,

Ko‘ngulni yakin jomidin mast etib,

Haqiqat sari turktoz aylagay,

Jahon shug‘lidin beniyoz aylagay.

Chunonchi, qalbga Haqdan yetib, ko‘ngilni chog‘ aylagan – mast etgan mujda nima ediki, bunchalik favqulodda quvvatga ega! Hazrat buning “bir jazba”ekanligini bayt boshidayoq aytib qo‘ya qolgan. Buni biz tushunishimiz, uning tub mohiyatini anglab yetishimiz uchun tasavvuf ahli ijodiga murojaat qilishimiz va bu soha istilohlariga oid lug‘atlarga ko‘z tashlashimizga to‘g‘ri keladi. Unga ko‘ra, jazba – banda sa’y-harakat qilmasdan Xudoning inoyati bilan Allohga qurbat hosil qilishidir; Allohning lutfi bilan ruhning sevinch, surur va g‘ayrat tufayli yuksak maqomga ko‘tarilishi, ortiq darajada hayajonga berilishi, o‘zdan kechish holidir.

            Masalan, Safar Olloyorning ushbu kitobidagi “G‘urur tug‘i” sarlavhali uchshodalar guldastasida shunday ash’or bor: 

Ekilgan urug‘ ila hamqismat erur yurak,

Sening ezgu maslaging – mening bad emasligim.

Mahvash, tashrifing kutib, to‘rt tomon boqdim tiyrak,

Koshki senga xush bo‘lsa ishq mayidan mastligim!

Go‘zallikka oshufta hislarda sarkashlik bor,

Ushbu g‘urur sururi – senga hamnafasligim!

Orada – hijron jari, meni ayblama, dildor,

Oshiqlik maqomida qalbim qolmas uyatda!!

Zimdan e’tibor qilinsa, shoir bejizga “Ekilgan urug‘ ila hamqismat erur yurak” demayapti. Chunki “muhabbat” degan so‘zning o‘zagi “hibba” – “ustiga tuproq tortilgan urug‘” ma’nosiga ishora bor bu satrda. Navbatdagi satr esa, bundan ham zalvorli: “Sening ezgu maslaging – mening bad emasligim.” Yanada ochiqroq aytganda, jahon va Sharq mumtoz she’riyatidan tortib, bugungi zamonaviy she’riyat namoyondalariga qadar barcha shoirlar yor vasfida juda ko‘p tashbihlarni qo‘lladilar, biroq ular orasidan bu ta’rifdek topildiqni topib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ham shoir haq: chindan ham, yorning yaxshi fikrda ekanligi oshiqning yomon odam emasligidan dalolat bera oladi. Zeroki, ko‘ngil degan ajib xilqat borki, u o‘ziga qaratilgan vujudning botinini ro‘y-rost ko‘ra oladi, ko‘rmaganini esa, ajib bir tarzda zimdan sezadi... Bunday ta’rifot odatdagi oddiy she’rlarda uchramaydi. Zotan, bular – faqat va faqat tasavvuf sarchashmasi bilan sug‘orilgan qalbdagina ro‘y beradigan “Ekilgan urug‘ ila hamsuhbat” bo‘lish sharafining yorqin nazmiy in’ikosi, tasavvuf tili bilan aytganda, solik qalbiga Parvardigori olam inoyat qilgan sohir tuyg‘ular tajalliysi. Chunki ana shunday maqomga erisha olgan iste’dodgina “Jazbada jafo bormi, to fursat kelmas takror, Ar-Razzoq, bor umidim – yuksak salohiyatda!!!” deb baralla hayqira oladi. 

Holbuki, biz shu paytgacha zamondosh ijodkor Safar Olloyorni zarbuldoston, qo‘shsatr, eshsonetlar, uchshoda va qo‘shshoda singari yangi nazmiy janrlar kashfiyotchisi sifatidagina bilar edik, aslida, u oramizda voyaga yetgan yangi tasavvvuf namoyondasi bo‘lib gavdalanmoqda. Bu hol mumtoz faylasuflarimizdan so‘ng bahor boychechagidek bo‘y ko‘rsatayotgan mutlaqo yangi ijodiy hodisa bo‘lib, uning mohiyat-mundarijasini va salohiyat darajasini bir maqola orqali yoritib berishning iloji yo‘q, albatta. Bunga yagona bois shuki, necha ming yillar davomida muttasil taraqqiy topib kelayotgan badiiy adabiyotda, ayniqsa, ijodkor ongu shuuridan nozik nuktadonlik talab qiladigan she’riyatda biron-bir yangilikni ijod maydoniga olib chiqish baxti barcha izlanuvchan shoirga birdek nasib etavermaydi. Misol uchun, taniqli shoirning “Sonetlar qo‘shguldastasi” – haligacha jahon she’riyatida ham kuzatilmagan noyob ijodiy hodisa, bu barkamol asar mutolaa jarayonida o‘quvchilarning tafakkur doirasi kengayishiga xizmat qiladi, original tashbihlar va ohori to‘kilmagan timsollar orqali ifodalangan poetik tasvirlash usuli ham shoir g‘oyasini yanada oydinlashtirishga, ham mavzuni hikmatomuz timsollar orqali to‘laqonli ochib berishga, ham o‘quvchi idrokini najib falsafiy-tasavvufiy va axloqiy-estetik did bilan ta’minlashga bevosita xizmat qilgan.

Ma’lumki, jazba ikki turli bo‘ladi: birinchisi, xafiy jazba – oshiqning Haqni sevishi; ikkinchisi, jam’iy jazba – Haqning oshiqni sevishi. Mazkur to‘plamning talabchan she’rxonlar diqqatini jalb etadigan yana bir jihati shundaki, asmoi husno – Alloh taoloning to‘qson to‘qqizta go‘zal ismlari bilan birga xalq orasidagi – yigirma yettita, ijodkorning o‘z ta’rifi bilan – to‘qqizta, jami bo‘lib bir yuz o‘ttiz beshta muborak ismlarini nazmiy nafosat va nuktadon fasohat vositalari orqali mahorat ila madh qilgan hamda shu noyob yo‘l bilan o‘z g‘oyalarini o‘z ijodiy laboratoriyasiga, ayni bir paytda, adabiyotga ham muvaffaqiyatli tatbiq etishga muvaffaq bo‘lgan. Zero, jazbaning bosh sharti iste’doddirki, u Haq taolo tomonidan ato etiladi. Shuning uchun ham, jazbaning kamolga yetishi sayri sulukning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. 

Boisi shu bo‘lsa kerakki, atoqli novator shoir Safar Olloyor she’rlarida qalamga olingan barcha mavzularni puxta badiiy vositalar orqali tasvir etgan va tugal falsafiy-tasavvufiy mazmun bilan poyoniga yetkazgan. Buni muallifning dilbar va purma’no sonetlari, otashin uchshodalariyu original hikmatlarga yo‘g‘rilgan qo‘shsatrlari singari yangi janrlardagi asarlarini mutolaa qilganiningizda takror va takror ravishda yaqqol his etaverasiz. Misol uchun:

Bu nechuk manzilki, bir odim siljisak,

Cho‘ng mayoq – O‘zlikdan olislab ketamiz?!

Yot g‘oya-mafkura avrayur qilt etsak,

Tongu shom qizarar bu falak shafaqi...

Malomat qo‘zg‘asa bu ko‘hna bir kesak,[1]

Seni tinch qo‘ymasa milliyat ravnaqi,

Meni ham o‘zingga hamroh qil, Haq haqi,

Ilmiga malolat ilmagan binoyi!

O‘zbek adabiyoti – qadim-qadimdan yorqin iste’dodlarga boy tamaddun. Xalqona ibora bilan aytganda, “oqqan daryo oqmasdan qolmas”. Gap shundaki, bunday barkamol falsafiy-tasavvufiy she’rlar bugungi zamonaviy she’riyatimizda ham paydo bo‘lgani – ana shu muazzam tamaddunning yangi qirrasi yoinki o‘shal azim daryoning yangi irmog‘i o‘zini va o‘zligini namoyon etdi, degani. Shuning uchun ham, bu hodisa, ya’ni Safar Olloyor fenomeni milliy adabiyotimiz uchun juda quvonarli ijodiy voqelik ekanligidan iftixor etish joiz.

Kezi kelganda alohida ta’kidlash kerakki, oramizda tinchgina umrguzaronlik qilib, kamtarinlik bilan ijodiy kamolot sari dadil qadam tashlayotgan Safar Olloyor asarlari haqida qancha fikr yuritsak, shunchalik oz. Ardoqli shoirning navbatdagi yangi to‘plami ham jozibador she’riyat sehriga shinavanda qalbingiz qal’asini zabt etishiga shubha yo‘q. Undagi bir-biridan dilbar va ohorli poetik satrlar, go‘zal nazmiy ohangga o‘ralgan favqulodda nodir hikmatlar, shoir qalbidan jazba ta’sirida toshib chiqqan betakror olov tuyg‘ular mazkur lirik asarlarda ilgari surilgan nekbin qarash va g‘oyalarning tugal ifodalanishiga samarali xizmat qilgan.

Xullas, atoqli novator shoir Safar Olloyorning uchta salmoqli jilddan tashkil topgan “Tanlangan asarlar” to‘plamlarini, ya’ni “Ko‘zgusiz go‘zal”, “Qalb saltanati”, xususan, ularning uchinchi jildi – “Mangulik guli”ni mutolaa qilar ekanman, ulardan katta ma’naviy-estetik zavq oldim, hayajonlandim, dilim yayradi. 

Jovli Xushboqov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’riyatda yangi janr yaratgan Safar Olloyorning yangi kitobi nashr etildi