Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan "E VOH" an’anaviy ijodiy festivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu adabiyot va ma’naviyat bayrami UZREPORT TV va FTV telekanallari tomonidan Toshkent viloyati hokimligi, Turonbank, Green Hills Resort dam olish maskani hamkorligida tashkil etildi.

Mamlakatimizda kechayotgan ma’rifiy yangilanish jarayonlarida milliy adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu jarayonda ustoz ijodkor, xalqimizning suyukli shoiri Erkin Vohidov ijodini targ‘ib etish borasida ko‘plab ibratli ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan yili Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlab ilk bor o‘tkazilgan "E VOH" she’riyat festivalida davlatimiz rahbari tabrik yo‘llab, mazkur fesival endilikda an’anaviy tarzda o‘tkazilishi yuzasidan tashabbusni ilgari surgan edi.

Ustoz shoir ijodiga bag‘ishlangan festival bu yil ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ijodkor ziyolilar tashabbusi bilan Erkin Vohidov sharafiga barpo etilgan mo‘’jaz bog‘ hududiga turfa gul nihollari, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bog‘da benazir shoirining bronzadan ishlangan haykalining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq rassomi Jasvant Annazarov shoir siymosini yaratishda uning ona-tabiatga maftunligini alohida e’tiborga olgan.

Festivalning ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Qahramoni, akademik, ustoz adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq, Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedov, shoirining farzandi Xurshid Vohidov, UZREPORT TV telekanali rahbari Ravshan Jo‘rayev ustoz ijodkor Erkin Vohidov ijodining takrorlanmas jihatlari xususida batafsil so‘zladilar.

- Aslida Erkin Vohidov ijodi bilan allaqachon o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan, - dedi O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov.- Uning milliy ozodlik, istiqlol, o‘zlikni anglash g‘oyalariga yo‘g‘rilgan she’riyati, publitsistik asarlari, bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan maqolalari 90-yillarda millatni uyg‘otishga xizmat qilgani bilan g‘oyat qadrlidir.

- Talabalik yillarimizda taqdir Erkin aka, Abdulla akalardek ulug‘ ustozlarning nasihati, e’tiboridan bahramand bo‘lishni nasib etganidan mamnunmiz, - dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid. - Erkin Vohidov eng og‘ir paytlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda tengsiz ijodkorlardan edilar. Bir paytlar bizning ham she’rlarimiz "Yoshlik" jurnalida chop etilishida ularning mehnatlari singgan. Bugun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidov ijodiga she’riyatning takrorlanmas maktabi sifatida e’tibor qaratmoqdalar.

- O‘z davrida sho‘rolar o‘zbek xalqining tarixi XX asrdan boshlangan, deb uqtirib kelgan bir davrda Erkin Vohidov "Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, O‘zbegim", deb baralla ayta oldi "O‘zbegim" she’rida, - dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq. - Ona tilimizning rivoji, milliy o‘zlikni anglash, Vatan istiqloli uning she’riyatida bosh g‘oyani tashkil etadi.

- Davlatimiz rahbari tomonidan Erkin Vohidov ijodiga qaratilayotgan ulkan e’tibor ma’naviyat, ma’rifatga bo‘lgan e’tiborning amaliy natijasidir,- dedi san’atshunos jurnalist Nigora Umarova.- Ustoz ijodkorga bag‘ishlangan shunday festivllarning an’anaviy tus olgani, undan oddiy o‘quvchilar, adabiyot o‘qituvchilari, ta’lim, ommaviy axborot vositalari xodimlari, umuman, barcha adabiyot muxlislarining bahramand bo‘layotgani festivalning naqadar xalqchilligidan darak bermoqda.

- Otajonimizning aziz xotiralarini ardoqlash borasidagi e’tibori uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz, - dedi shoirining qiz Fozila Ibrohimova. 

Festival doirasida shoir she’rlari, kuy-qo‘shiqlardan iborat dastur, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining chiqishlari, "Nazm va navo" kechasi, shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Faol ishtirokchilar taqdirlandi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’riyat zargari xotirasiga bag‘ishlangan festival