Shayx Zayniddin bobo maqbarasi Toshkentdagi qadimiy yodgorliklardan biri sanaladi. Maqbari eski shaharning Koʻkcha dahasida joylashgan.

Meʼmoriy yodgorlik Amir Temur buyrugʻiga koʻra qurilgan deyiladi. Lekin zamonaviy mutaxassislar maqbara devor va qubbasining qurilishi tugatilgan davrni XVI asrga tegishli, deb hisoblashadi. Maqbarada Toshkentdagi eng qadimiy hisoblangan yogʻoch naqshli eshiklar bor.

20.JPG

19.JPG

Zayniddin bobo islom olamining mashhur bogʻdodlik faylasufi Shohobiddin Abu Xafs Umar as-Suxravardining kichik oʻgʻlidir. U oʻttiz yoshlarida (XIII asrda) otasi tomonidan tariqatni targʻibot qilish uchun Toshkentga yuboriladi va shahar chetidagi Quyi-orifon qishlogʻiga joylashadi. Bu yerda u uzoq yillar hayot kechirib, shayx sifatida Markaziy Osiyo tarixining murakkab davrida moʻgʻul bosqinidan aziyat chekayotgan xalq dardiga darmon boʻladi. Zayniddin Bobo qahramonliklari toʻgʻrisida koʻplab xalq afsonalari mavjud.

Maqbara chiroyli gumbazli boʻlib, uning atrofida chillaxona, chortoq, tobutxona kabi binolar boʻlgan. Old tomoni janubi-sharqqa qaratilgan. Maqbaraning markazida Shayx Zayniddin bobo sagʻanasi, burchaklarida esa boshqa shaxslarning qabrlari bor. Rivoyatlarga koʻra, ikki qavatli chillaxonada Zayniddin Bobo yashagan. Chillaxona ikkita ustma-ust qoʻyilgan oʻtovlarni eslatadi. Ular yer ostiga qurilgan boʻlib, binoning faqatgina tepa qismi koʻrinib turadi. Chillaxonalar hajmi shunday tanlanganki, pastki qavatdagi kuzatuvchi qubbada joy olgan ikkita darcha orqali quyoshni faqat yilda bir marta – 22-iyun yozgi tengkunlikda koʻrish mumkin boʻlgan. Bundan bilish mumkinki, chillaxona oʻsha davrda dehqon, chorvador va mahalliy aholi uchun oddiy astranomik uskuna vazifasini ham bajargan.

11.JPG

2.JPG

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shayx Zayniddin bobo maqbarasi