2019 yil 3 iyulda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonun 7 bob, 36 moddadan iborat bo‘lib, qonun fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan nazorat qilish, ulardan foydalanish imkoniyatini soddalashtirish hamda qaerda ishlov berilishidan qat’iy nazar, bildirilgan maqsad uchungina foydalanishini ta’minlash imkoniyatini beradi.

Shaxsga doir ma’lumotlar – bu muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Jahonning 43 davlatida shaxsga doir ma’lumotlar va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya etish tartibini nazarda tutuvchi qonunlar amal qiladi.

Ta’kidlanishicha, qonun bir qator xorij mamlakatlari tajribasiga tayanilgan holda ishlab chiqildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Yaponiya, Malayziya, Yevropa Ittifoqi reglamenti talablari bilan solishtirilib, ijobiy jihatlari e’tiborga olingan.

Qonunga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi belgilandi.

Xo‘sh, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi fuqarolarni qanday qilib himoya qiladi? Buni oddiy misol bilan izohlab o‘tsak. Ko‘p uzoqqa bormaylik, ilgarilari ayrim fuqarolar tomonidan tanish-bilishlarining fuqarolik pasporti nusxalariga bir nechta telefon raqamlar olingan holda ulardan foydalanish holatlari kuzatilar edi. Bu esa keyinchalik ayrim noxush vaziyatlar va muammolarni keltirib chiqarganligining guvohi bo‘lganmiz.

Qonunning 33-moddasida shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortilishi belgilandi. Bu me’yor o‘z o‘rnida qayd etilgan noqonuniy faoliyat uchun qonunchilikka javobgarlikni belgilovchi tegishli qoidalar kiritilishini taqozo etdi.

Bundan kelib chiqadiki, jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun joriy yilning 1 oktabridan e’tiboran kuchga kirdi. Endilikda mulkdor, operator va uchinchi shaxs fuqaroning shaxsiga doir ma’lumotlarini yetarli darajada himoya qilishni bo‘yniga olgan holda va ushbu ma’lumotdan nima uchun foydalanmoqchi ekanligi haqidagi maqsadni oshkor qilib, faqat o‘sha maqsad uchungina foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Masalan, pasport olish uchun berilgan ma’lumotdan yer olish, kadastr qilish, nikohdan o‘tish, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish, o‘qishga yuborish, diplom berish, guvohnoma tayyorlash kabi ishlarga shaxs ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Agar shu maqsadda foydalanish zarurati paydo bo‘lsa, albatta, bu haqda ma’lum qilinib, rozilik olinishi shart.

Xulosa qilib aytganda, mazkur qonun mamlakatimizda shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashda xalqaro standartlar va qoidalarni joriy qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish samaradorligini oshirish, fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligi bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari buzilishining oldini olish va shaxs sifatida har qanday ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Furqat ANAROV,
Davlat xizmatlari agentligi
Samarqand viloyat boshqarmasi
kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxsga doir ma’lumotlar davlat himoyasida