Shaxmatchilarimiz qaytib keldi
Bugun Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”da Turkiyaning Koʻnyo shahrida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Grossmeyster Saidali Yoʻldoshev murabbiyligida Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya singari bir qator shaxmat rivojlangan davlatlar terma jamoalarini magʻlub etgan yoshlarimiz olimpiada chempioni boʻldi. Quvonarlisi, bu mamlakatimiz shaxmati tarixidagi ilk olimpiadadagi oltin medalidir!