Şaxmatçilarimiz Abu-Dabida Möğuliston bilan kuç sinaşadi
Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida şaxmat böyiça ötayotgan Osiyo kubogining 2-turida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufarxon Imomqöziyevadan taşkil topgan mamlakatimiz şaxmatçi qizlari jamoasi Qozoğiston jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi
Ilk turda Pokiston jamoasini 4:0 hisobida mağlub etgan şaxmatçi qizlarimizdan Afruza Hamdamova va Umida Omonova raqiblariga yutqazib qöydi. Gulruhbegim Tohirjonova va Nilufarxon Imomqöziyeva durangga erişdi.
Kubok musobaqalarining erkaklar bahsida Humoyun Bekmuratov, Abdumajid Botiraliyev, Bahrom Bahrillayev, Şeralijon Ravşanovdan iborat Özbekiston erkaklar jamoasi 2-turda musobaqaning eng kuçli jamoasi Hindistonga 1,5:2,5 hisobida mağlub böldi.
Bugun, 12-noyabr kuni Osiyo kubogining 3-tur bahslarida Özbekiston erkaklar jamoasi Möğuliston jamoasi bilan kuç sinaşsa, şaxmatçi qizlar uçun dam oliş kuni sifatida belgilangan.

Uçinçi tur öyinlari ostonasida erkaklar guruhida Rossiya, Hindiston, Qozoğiston, Xitoy jamoalari 4 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Özbekiston terma jamoasi 2 oçko bilan 22 ta davlat orasida 8-örinni band etib turibdi.
Ayollar musobaqasida Rossiya va Qozoğiston 4 oçko bilan 12 ta jamoa orasida karvonboşilikka erişgan vaziyatda, şaxmatçi qizlarimiz 2 oçko bilan 6-örinda harakatlanmoqda.
9 ta turdan iborat qitʼa kubogi 17-noyabrga qadar davom etadi.
T.Röziyev,
ÖzA