Shaxmat: Toshkentda Rustam Qosimjonov kubogi boshlanmoqda
Bugun, 8 iyul kuni poytaxtimiz Toshkentda shaxmat bo‘yicha Rustam Qosimjonov kubogi uchun xalqaro turnir oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ertaga 9 iyuldan boshlanayotgan turnirda FIDE reytingida kamida 2634 ballga ega bo‘lgan 5 ta mamlakatning eng mahoratli grossmeysterlari ishtirok etmoqda.

Musobaqalar davomida hamyurtlarimiz Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, vengriyalik Richard Rapport, ozarbayjonlik Shahriyor Mamedyarov, rossiyalik Aleksandr Grishuk, eronlik Parham Magsudlu o‘rtasidagi murosasiz bahslarga guvoh bo‘ladi.


Rapid yo‘nalishidagi xalqaro turnir 9 raundlik davra tizimida bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA