Poytaxtimizdagi Shaxmat akademiyasida poyoniga yetgan “Toshkent bahori – 2024” reyting turnirida mahoratli yoshlar saralandi.
200 nafardan ziyod yosh “aql gimnastikasi” sohiblari ishtirok etgan turnirda g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etgan Samir Muhammadiyev, Ramazon Hibatilloyev, Javohir Pardayev “B” guruhida yetakchilikka erishgan bo‘lsa, Xolida Muhammadiyeva, Mumtozbegim Sobirova va Iroda Jumayeva qizlar bahsida sovrinli o‘rinlarni egalladi.
10 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Nurzod Bahodirov, Akrom Yo‘ldoshev, Akobirxon Ismatov, 8 yoshgacha bo‘lganlar orasida Fazliddin Farhodov, Jahongir Mirzayev, Behruzbek Sitchanov shohsupaga ko‘tarildi.
Shuningdek, 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Dilnoza Ikromova, 10 yoshgacha qizlar orasida Kumush Baxtiyorova yetakchiga aylandi.

“Toshkent bahori – 2024” turnirining faxriylar va havaskor shaxmatchilar musobaqasida ham g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, Sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA