Shaxmat toji uchun o‘yinlar taqvimi tasdiqlandi
Ma’lumki, shaxmat ishqibozlari orziqib kutgan tarixiy musobaqa – 2026-yilgi Jahon shaxmat toji uchun hindistonlik Gukesh Dommaraju va hamyurtimiz Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahs joriy yilning 25-noyabr-15-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etiladi.
Mazkur o‘ziga xos bahsda amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘z chempionligini 2025-yilgi Jahon kubogi sohibi, da’vogarlar turniri g‘olibi, hamyurtimiz Javohir Sindorovdan himoya qiladi.

Kuni kecha ushbu tarixiy musobaqa oldidan Xalqaro shaxmat federatsiyasi hamda Jahon shaxmat toji uchun o‘tkaziladigan musobaqa tashkiliy qo‘mitasi o‘yinlar taqvimini e’lon qildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA