Bugun, 21 aprel kuni Germaniyada davom etayotgan “Grenke Freestyle Chess Open” xalqaro turnirining so‘nggi 8 va 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ortda qolgan 7 ta tur o‘yinlari sarhisobiga binoan norvegiyalik Magnus Karlsen 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Uni taqib etayotgan ozarbayjonlik Rauf Mamedov va rossiyalik Andrey Yesipenko hisobida 6 ochko bor. 

Kecha o‘tgan 6 va 7-tur o‘yinlari hamyurtimiz Javohir Sindorov uchun muvaffaqiyatli kechdi. 6-turda oq donalarda polshalik Mase Klekovskini, 7-turda qora donalarda hindistonlik grossmeyster Aryan Choprani mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 5,5 taga yetkazdi. Ushbu ko‘rsatkich Sindorovga qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi. Bugun mukofot jamg‘armasi 225 000 yevrodan iborat turnirning 8-turida Javohir Sindorov oq donalarda germaniyalik Frederik Sveynga ro‘baro‘ keladi. 

Xalqaro turnirning 8-turdagi markaziy bahsi g‘oliblikka asosiy da’vogar Magnus Karlsen va ozarbayjonlik Rauf Mamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Aytish lozim, 8-tur o‘yinlari oldidan 1 nafar shaxmatchi 7, 2 nafari 6, 14 nafari 5,5 ochkoga ega bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, “Grenke Freestyle Chess Open” turnirida g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 60 000 yevro bilan birga joriy yilning 15-19 iyul kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tadigan “Freestyle Chess” turnirida qatnashish huquqiga ega chiqadi. Germaniya turnirida 2-o‘rinni egallagan shaxmatchi 40 ming, 3-o‘rin sohibi 30 ming yevroni qo‘lga kiritadi. Musobaqani kuchli o‘ntalikda yakunlagan ishtirokchi 3 ming yevro bilan taqdirlanadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Sindorov Germaniya turnirida 5-o‘rinda bormoqda