Shaxmat: Shamsiddin Vohidov Anatoliy Karpov turnirida qatnashmoqda
Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan Anatoliy Karpov nomidagi XXIII xalqaro turnirda ishtirok etayotgan iqtidorli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov 10 nafar ishtirokchi orasida 2,5 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Kecha o‘tkazilgan 3-tur bahsida Vohidov turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan armanistonlik Aram Akopyan bilan durang o‘ynadi.

Mazkur turda hindistonlik Raunak Sadxvani oq donalarda rossiyalik Ivan Zemlyanskiyni, belaruslik Denis Lazavik vengriyalik Benyamin Gledurani mag‘lub etdi.
Shuningdek, kecha kechki payt tashkil etilgan 4-turda Vohidov qora donalarda belaruslik Denis Lazavikka imkoniyatni boy berib qo‘yishi natijasida Belarus vakili 3 ochko bilan turnir peshqadamiga aylandi.

Bugun, 13-aprel kuni xalqaro turnirning 5 va 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Unda Shamsiddin Vohidov vengriyalik Benyamin Gledura va xitoylik Lu Shanley bilan bahs olib boradi.
9 ta turdan iborat bo‘lgan turnir musobaqalari 16-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA