Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha “Grand Chess Tour” tizimidagi “Superbet Chess Classic Romania-2025” turniri yakunlandi.

To‘qqiz kun davomida o‘tgan shiddatli bahslar natijasida 8-turda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bilan durangga erishgan Fransiya vakili Alireza Firuzja 9-turda qora donalarda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyakni mag‘lubiyatga uchratib, yetakchilikka erishdi.

Ushbu turda shuningdek, hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa va fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav ham raqiblari bilan murosaga kelgan holda 5,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.

Nodirbek Abdusattorov 9-turda AQSH sharafini himoya qilayotgan Uesli So bilan ro‘baro‘ keldi.

Qiziqarli kechgan o‘yinda oq donalarda harakatlangan Abdusattorov ustunlikka ega bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo kuchli himoyalangan holda bahsni davom ettirgan AQSH vakili Nodirbekni murosa yo‘lini tanlashga ko‘ndirdi.

Bahslar yakuniga ko‘ra, Alireza Firuzja, Rameshbabu Pragnanandxa va Maksim Vashe-Lagrav tay-brekda kuch sinashdi.

Tay-brekning ilk o‘yinda Firuzja bilan durangga erishib, ikkinchi uchrashuvda Vashe-Lagravni mag‘lubiyatga uchratgan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa g‘oliblikka erishishi ortidan 77,667 AQSH dollariga va reyting uchun 10 ochkoga ega chiqdi.

“Superbet Chess Classic Romania-2025”ning ortda qolgan 9 ta tur o‘yinlarining 7 tasida durang, 1 tasida mag‘lubiyat va 1 tasida muvaffaqiyatga erishgan Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan musobaqada 5-o‘rinni egalladi.

"Grand Chess Tour 2025" tasnifiga kiruvchi uchinchi turnir joriy yilning 1-6 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda N.Abdusattorov FIDE reytingida yetakchilik qilayotgan sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen, amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh, Ruminiya turniri g‘olibi Rameshbabu Pragnanandxa, shuningdek Alireza Firuzja, Uesli So, Anish Giri, Fabiano Karuana, Yan-Kshishtof Duda, Ivan Sharich bilan kuch sinashadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Ruminiyada 5-o‘rinni egallagan Abdusattorov iyulda Xorvatiyaga boradi