YANGI KITOB

Keyingi paytda O‘zbekistondan yorqin shaxmat yulduzlari, jahon chempionlari yetishib chiqayotgani bejiz emas. Yurtdoshlarimizning dunyo shaxmat olamini qayta-qayta larzaga solayotganini ham tasodif, deb bo‘lmaydi. Zotan, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar qatorida O‘zbekiston shaxmat vatani, degan sharafli nomga bemalol da’vogarlik qila oladi. Afrosiyobda olib borilgan qazishma davomida fil suyagidan yasalgan shaxmat haykalchalarining to‘liq to‘plamiga duch kelingani, qadimiy Dalvarzintepa hududida Kushon imperiyasi davriga oid ikkita noyob shaxmat haykalchasi topilgani zaminimizda shohmot o‘yini eramizdan oldingi asrlarda ham o‘ta mashhur bo‘lganini tasdiqlaydi.

Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan «aql charxi» sifatida qaralgan ushbu o‘yin zaminimizda qadim-qadimdan keng quloch yoygan. Harb ilmi va shatranjda tengsiz bo‘lgan Sohibqiron odatdagi shaxmatning qonun-qoidalarini isloh qilib, hatto murakkab shaxmat turini yaratgan. Unga «Shatranji komil» deb nom bergani tarixdan ma’lum.

Prezidentimizning 2021 yil 14 yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori o‘zbek shaxmati rivojida yangi to‘lqinga asos soldi.

 Yaqinda “Zamin nashr” nashriyoti tomonidan «Tafakkurning 64 nuqtasi» nomli kitob chop etildi. Bu shaxmatning chinakam ixlosmandlari uchun tuhfa bo‘ldi, deyish mumkin.

Shaxmat fidoyilaridan iborat mualliflar guruhi — iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, senator Murtazo Rahmatov, “Karshi open” xalqaro shaxmat turniri asoschisi, Janubiy Rossiya universiteti faxriy professori Anvar Shukurov, Rim (Italiya) universiteti faxriy professori, biologiya fanlari doktori, akademik Bakriddin Zaripov yangi asarda shaxmatning tarixi va buguni, uning inson kamoloti, yoshlar tarbiyasidagi bebaho roli haqida hikoya qilishadi.

— Aslida, shaxmat haqida so‘z aytish oson ish emas, — deydi senator Murtazo Rahmatov. — Zero, shaxmat – ilm, shaxmat – san’at, shaxmat – sport. O‘zida ushbu uch jihatni o‘zida mujassam etgan shaxmat asrlar davomida insonni ezgulikka chorlovchi mashg‘ulot sifatida alohida qadrlanadi. Shu bois biz shaxmatning odam olamni anglashidagi beqiyos hissasini ochib berishga harakat qildik. U keng kitobxonlar ommasi, barcha shaxmat ixlosmandlari uchun naf keltiradi, degan umiddamiz.

Shaxmat olami – o‘ziga xos dunyo. Bu olam bir vaqtning o‘zida barchaniki hamdir. Unga yoshi, imkoniyati, hatto manzil-makonidan qat’i nazar hamma birdek sayyor qilishi, tafakkur olamini boyitishi mumkin. Shundan bo‘lsa kerak, ushbu sport turi odamlarni ohanrabodek jalb etib kelyapti.

— Shaxmat g‘irromlikni ko‘tarmaydi. Shaxmat faqat va faqat aqlga ishonishni o‘rgatadi, — deydi tadbirkor Anvar Shukurov. — 64 katakdan iborat shaxmat taxtasi atrofida o‘tirganlarga, birinchi navbatda, halollikni, adolatni tarbiyalashini ta’kidlashni istar edik. Shu asosda tarbiyalangan boladan biz kutgan avlod – uchinchi Renessans bunyodkorlari chiqadi. Binobarin, bu kitobda siz hayot falsafasini o‘qiysiz, ilm va tafakkurni charxlaysiz.

«Tafakkurning 64 nuqtasi»da ilgari surilgan ezgu g‘oyalardan yana biri vaqtni qadriga yetib, uning har lahzasidan unumli foydalanishdir. Mualliflar e’tirof etishicha, «aql gimnastikasi» bu borada eng yaxshi ustozdir.

— Eng ommaviy sport turi haqida gap ketsa, ayrimlar «Millionlar o‘yini futbol, deyishi mumkin. Biroq adashadi. Eng ommalashgan sport turi shaxmatdir, — deydi akademik Bakriddin Zaripov. — Shaxmatning nafaqat futbol, balki boshqa sport turlaridan farqli tomoni shundaki, yoshi, jismoniy imkoniyatidan qat’i nazar, istagan kishi bemalol dona sura oladi. Qolaversa, buning uchun alohida sharoit-sharoit talab etilmaydi. 64 katakli shaxmat taxtasi va donalari bo‘lsa, kifoya. Shuning uchun bugun «aql gimnastikasi» bilan shug‘ullanish odamlarning kundalik hayot tarzining ajralmas qismiga aylangan.

Kitobxonlar e’tiboriga taqdim etilgan «Tafakkurning 64 nuqtasi» kitobi shaxmat ishqibozlari uchun eng kerakli va muhim qo‘llanmalardan biriga aylanishi mumkin.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat – o‘ziga xos dunyo: bu olam bir vaqtning o‘zida barchanikidir