Shaxmat: O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Andijonda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining standart yo‘nalishi bo‘yicha 7-17 yosh toifasidagi bahslar nihoyasiga yetdi.
O‘ziga xos intellektual janglar maydoni bo‘lgan bahslarda yosh shaxmatchilarimiz shaxmatning jozibasi va murakkabligini namoyish etmoqda.
Har bir o‘yinchi o‘zining aql-zakovatini sinovdan o‘tkazib, shaxmat taxtasida “aql gimnastikasi”ning yangi ufqlarini zabt etish sirlarini o‘zlashtirdi.

Kecha chempionatning standart yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, qiz bolalar guruhida o‘z yosh toifalarida Mohinur Azamxo‘jayeva, Madinabonu Asadova, Sarvinoz Begmuratova, Nilufar Imomqo‘ziyeva Madinabonu Xalilova, o‘g‘il bolalar orasida esa Nurmuhammad Ne’matillaxonov, Ibrohim Jumanazarov, Biloliddin Obidov, Saidxon Ashikmamutov, Xondamir Elmirzayev chempion bo‘ldi.

Mamlakatimiz shaxmat chempionatlari tarixida eng ko‘p ishtirokchini jamlagan musobaqaning bugungi bahslarida rapid, ertaga blits yo‘nalishida O‘zbekiston chempionlari nomi ma’lum bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA