Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Zagrebda Karlsen va boshqalar bilan kuch sinashadi
Bugun, 2 iyul kuni Xorvatiyaning Zagreb shahrida dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini qamrab olgan "Grand Chess Tour" tizimidagi navbatdagi musobaqa – “Rapid & Blitz Croatia” turnirining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Mukofot jamg‘armasi 175 ming AQSH dollaridan iborat mazkur turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov singari Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Gukesh Dommaraju, Anish Giri, Rameshbabu Praggnanandxa, Yan-Kshishtof Duda, Alireza Firuzja, Uesli So va Ivan Sarich g‘oliblik uchun dona suradi.
Musobaqa aylanma shaklda, rapid va blits yo‘nalishlarida tashkil qilinadi. O‘yinlarning 9 ta turi rapid, 18 ta tur bahslari blitsda bo‘lib o‘tadi.
Bugun rapid yo‘nalishida kechadigan 1-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Anish Giri bilan kuch sinashadi.
6 iyulga qadar davom etadigan turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 40 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA