Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati shu yilning 26-31 dekabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi.

Jahon chempionati dasturiga muvofiq, 26-28 dekabr kunlari rapid, 30-31 dekabr kunlari blits bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Aytish lozim, 2023 yilning dekabrida Samarqand shahri rapid va blits bo‘yicha so‘nggi jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi. O‘shanda erkaklar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishida norvegiyalik Magnus Karlsen g‘alaba qozongan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida rossiyaliklar Anastasiya Bodnaruk (rapid) va Valentina Gunina (blits) g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: navbatdagi jahon chempionati Nyu-Yorkda o‘tkaziladi