Polsha poytaxti Varshavada besh kun davom etgan Poland Rapid & Blitz” xalqaro turniri Magnus Karlsenning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 10 nafar eng mahoratli shaxmatchilari ishtirokidagi rapid va blits yo‘nalishidagi har bir “duel” millionlab “aql jangi” ishqibozlariga o‘zgacha zavq tortiq etdi.  

Turnirda yetakchilik qilib kelgan xitoylik Veyning blits yo‘nalishi 16-turida Shevchenko bilan durangga erishishi, 17-turida hindistonlik Praggnanandxaaga imkoniyatni boy berishi g‘oliblik dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga nasib etishiga olib keldi.  

Mukofot jamg‘armasi 175 ming AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqaning rapid yo‘nalishida xitoylik Vey I 13 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. O‘nta turda mag‘lubiyatga uchramagan Magnus Karlsen 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi.  

Jahon reytingida 5-o‘rinda borayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida 8 ochko jamg‘arib, hindistonlik Erigaysi bilan 6-7 o‘rinlarni taqsimlab olishdi.  

Kecha turnirda blits bahslari yakunlandi. Blitsning ikki kunlik musobaqalarida shaxmatchilar umumiy hisobda 18 ta tur o‘yinlarida kuch sinashdi.  

O‘tkazilgan ushbu turlar sarhisobiga e’tibor qaratsak, Nodirbek Abdusattorov birinchi kungi 9 ta turning 3 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 3 tasida durang qildi, 3 tasida esa mag‘lubiyatga uchradi.

Shaxmatchimiz turnirning so‘nggi kunida esa 9 ta turning 4 tasida g‘alaba qozondi, 2 tasida durangga imzo chekdi , qolgan 2 tasida esa  o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Xalqaro turnirning blits bahslarida N. Abdusattorov musobaqa g‘olibi Magnus Karlsenni bir marta mag‘lub etgan bo‘lsa, bir marta imkoniyatni boy bergan.  

Aytish lozim, Nodirbek blitsning 3-turida qora donalarda jahon chempioni Magnus Karlsenni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Kecha Karlsen o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh oldi. Aynan ushbu muvaffaqiyat Magnusning Poland Rapid & Blitz” g‘olibiga aylantirdi.

Magnus Karlsen har ikki yo‘nalishda 26 ochko jamg‘argan bo‘lsa, xitoylik Vey I chempiondan 0,5 ochko ortda qoldi. Kuchli uchlikka mezbonlar vakili Yan-Kshishtof Duda 19,5 ochko bilan yakun yasadi.  

Blits yo‘nalishida 9,5 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan Nodirbek Abdusattorov umumiy holatda 17,5 ochkoga ega bo‘lgan holda nufuzli musobaqani 6-o‘rinda yakunladi.  

Ushbu turnirda g‘olib shaxmatchi 40 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinni egallab, turnir nizomiga muvofiq ,11 ming AQSH dollari sohibi bo‘ldi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Magnus g‘alabasida Abdusattorovning “hissasi” bor