Bugun, 10 fevral kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida davom etayotgan “Al-Beruniy“ II xalqaro turnirining 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Aynan ushbu turda “Masters” guruhida g‘oliblikka kimlar asosiy da’vogarlik qilishi mumkinligiga qisman oydinlik kiritiladi. 1-o‘rinni qo‘lga kiritishga yaqin bo‘lganlar orasida hamyurtimiz Muhiddin Madaminovning borligi e’tiborlidir.

Bevosita Madaminovning o‘tgan turlardagi ishtirokiga nazar tashlasak, 1-turda kutilmaganda armanistonlik Shant Sargsyanga yutqazib qo‘ygan shaxmatchimizning keyingi turda qora donalarda xitoylik Syun Ma bilan durangga erishishi, Afro‘za Hamdamova va FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Vladislav Artemevni mag‘lub etishi g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi.

Ortda qolgan 5, 6, 7-turlardagi har bir dona surishdagi omadli yurishi uni kuchlilar qatoriga olib chiqdi. 5-turda armanistonlik Ayk Martirosyan bilan murakkab o‘yinda durangga erishishi, 6-turda rapid yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempioni Volodar Murzinni mag‘lub etishi va nihoyat, kecha yakunlangan 7-turda qora donalarda Abdumalik Abdusalimovdan ustunlikni olishi uning ochkolari sonini 5 taga yetishini ta’minladi.

Bugun o‘tkaziladigan 8-tur o‘yinlarida Shant Sargsyan, Ayk Martirosyan va Muhiddin Madaminov 5 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib borayotgan vaziyatda Volodar Murzin va Vladislav Artemev 4 ochko bilan ularni taqib etmoqda.

Bugungi uchrashuvda Muhiddin Madaminov oq donalarda 2,5 ochko bilan 8-pog‘onada borayotgan hamyurtimiz Ortiq Negmatov bilan kuch sinashadi. Shant Sargsyan qora donalarda Afruza Hamdamova qarshiligini yengishga kirishadi. Ayk Martirosyan esa oq donalarda Syun Ma bilan ro‘baro‘ keladi. Ushbu uchrashuvlarda Hamdamova va xitoylik shaxmatchi armanistonlik grossmeysterlarni to‘xtatib qolish imkonini qila olsa, Nigmatov o‘z navbatida, Madaminov katta to‘siqni hosil qila bilmasa Muhiddinning g‘oliblik shohsupasiga yaqinlashishi ancha yengillashardi.

“Chellenjer” guruhida FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan David Paravyan, Arseniy Nesterov va eronlik Bardiya Daneshvar 7 ta imkoniyatdan 5 ochkoga ega bo‘lgan holda yetakchilik qilmoqda. 4 ochko bilan 4-o‘rindan joy olgan hamyurtimiz Humoyun Bekmurodov bugun qora donalarda yetakchilikka nomzodlardan biri Bardiya Daneshvar bilan bahs olib boradi.

Xalqaro turnirning “Fyuchers” bahslarida 5,5 ochko bilan karvonboshilik qilayotgan turkmanistonlik Saparmurat Atabayev ortda qolgan 7-turda hamyurtimiz Umida Omonovani mag‘lub etdi. Bugun o‘tadigan 8-turda yana bir shaxmatchi qizimiz Guldona Karimova bilan kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 11 fevralga qadar davom etadigan “Al-Beruniy“ II xalqaro turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 68 ming 700 AQSH dollari etib belgilangan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: jahon chempionini mag‘lub etgan Madaminov g‘oliblik ostonasidami?