Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida yakunlangan IV Osiyo chempionati hamda ICCD tasnifiga kiruvchi XIII xalqaro ochiq turniridan so‘ng jamoalar o‘rtasida qit’a birinchiligi tashkil etildi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston hamda ICCD Osiyo erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tgan 9 ta turdan iborat aylanma bahslar natijasiga ko‘ra, Qozog‘iston jamoasi 18 ochko bilan jamoalar o‘rtasida qit’a chempionligini tantana qilgan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlar 15 ochko jamg‘argan O‘zbekiston va 12 ochkoga ega Hindiston jamoalariga nasib etdi.

Mazkur musobaqaning ayollar jamoalari o‘rtasidagi bahslarida “India Women” 8 ochko bilan peshqadamga aylandi. 5 ochko to‘plagan qozog‘istonlik shaxmatchi-qizlar jamoasi ikkinchi, 2 ochkoli O‘zbekiston qizlari esa 3-o‘rindan joy egalladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Imkonsizlikdan imkon topganlar Toshkentda qit’a chempionligi uchun kurashdi