Shaxmat: Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 50 yoshdan oshgan erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
To‘rt kun davom etgan “aql gimnastikasi” bahslarida faxriy shaxmatchilar 9 ta turdan iborat bahslarda o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.

O‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan erkaklar musobaqasida Ibragim Karimov 7,5 ochko jamg‘arib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Keyingi o‘rinlarni 6,5 ochko to‘plagan Nurulla Uralov va Rustam Saydaliyev egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda 9 ta imkoniyatdan 5 ochkoga egalik qilgan Muqaddam Shakirova mamlakat chempioni, degan nomga ega chiqqan bo‘lsa,
Chempionatning 65 yoshdan kattalar o‘rtasidagi musobaqalarida munosib natijalar qayd etgan Mahmadjon Sultonmurodov, Rahmon Umarov va Aleksandr Vasilenkoga maxsus sovrinlar topshirildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA