Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tayotgan “Sharjah Masters-2025” xalqaro turnirining ortda qolgan 2-turidan keyin 3 nafar shaxmatchi 2 ochko bilan g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.

Ularni ta’qib etayotgan 27 nafar ishtirokchi 1,5 ochko jamg‘argan bo‘lsa, ular orasida terma jamoamiz a’zosi Ortiq Nig‘matov ham bor.

Kecha o‘tkazilgan 2-tur bahsida Ortiq Nig‘matov qora donalarda hindistonlik Sankalp Guptani mag‘lubiyatga uchratdi va 1,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 11-pog‘onani band etib turibdi.

Mazkur turda hamyurtimiz Jahongir Vohidov ham qora donalarda harakatlanib, serbiyalik Teodora Inyatsni dog‘da qoldirdi.

Ruminiyada poyoniga yetgan nufuzli turnirdan bir kun keyin boshlangan “Sharjah Masters-2025” Nodirbek Abdusattorov uchun bir oz omadsiz boshlandi.

1-turda qora donalarda hindistonlik Seturaman bilan durangga erishgan Abdusattorov 2-turda oq donalarda yana bir hindistonlik shaxmatchi Aditya Mittal bilan kurash o‘tkazdi va durangga erishdi.

Umidli shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov 2-turda qora donalarda gretsiyalik Nikolas Teodoru bilan kuch sinashdi. Hamyurtimizning 10-yurish holatida ketma-ket noaniq harakatlari yakunda uchrashuv oq donalarda bahsda qatnashgan gretsiyalik shaxmatchining ustunligiga olib keldi.

Bugun, 19 may kuni o‘tkaziladigan 3-tur doirasida “Sharjah Masters-2025”da o‘zbeklar qarama-qarshiligi ruy beradi. Jahongir Vohidov-Nodirbek Abdusattorov kurashi ko‘pchilikning e’tibor markazida bo‘lishi tabiiy. Shuningdek, bugungi turda Ortiq Nig‘matov oq donalarda AQSH vakili Varujan Akobyan qarshiligini yengishga intilsa, Muhiddin Madaminov oq donalarda Abxidjit Gupta bilan ro‘baro‘ keladi.

Mukofot jamg‘armasi 73 ming AQSH dollaridan iborat turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Bugun Sharjada Vohidov-Abdusattorov kurashi bo‘lib o‘tadi