Bugun, 11 fevral kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida “Al-Beruniy“ II xalqaro turnirining so‘nggi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

“Masters” guruhida kecha ortda qolgan 8-tur o‘yinlari hamyurtimiz Muhiddin Madaminov uchun muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lsa-da, g‘oliblik shohsupasiga to‘laqonli qadam qo‘yishiga bir oz fursat bor.

O‘tgan 8-turda O‘zbekistonning 29-grossmeysteri Madaminov oq donalarda iqtidorli shaxmatchimiz Ortiq Nigmatovni mag‘lub etdi.  

Ushbu yutuq va Afruza Hamdamovaning g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri armanistonlik Shant Sargsyan bilan qora donalarda durangga erishishi, Armaniston vakili Ayk Martirosyan va xitoylik Syun Ma o‘rtasidagi o‘yinda murosa yo‘li tanlanishi Muhiddin Madaminovning 5,5 ochko bilan yetakchiga aylanishini ta’minladi.

9-tur ostonasida hamyurtimizdan keyingi pog‘onalarni band etgan Shant Sargsyan va Ayk Martirosyan 5,5 ochkoga ega. Keyingi o‘rinlarda borayotgan Vladislav Artemev va Volodar Murzin 5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

Bugun o‘tadigan so‘nggi turda Muhiddin Madaminov qora donalarda Sanan Syugirov bilan kuch sinashadi. Shuningdek, hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov oq donalarda Martirosyan bilan, Ortiq Nigmatov oq donalarda Murzin bilan, Vladislav Artemev qora donalarda Shant Sargsyan bilan, Hamdamova qora donalarda Syun Ma bilan bahs olib boradi.

“Chellenjer” guruhida FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan David Paravyan va eronlik Bardiya Daneshvar 5,5 ochko bilan g‘oliblikka asosiy nomzod hisoblanadi. Kecha iste’dodli shaxmatchimiz Humoyun Bekmurodov qora donalarda Bardiya Daneshvarga imkoniyatni boy berib, da’vogarlar safidan tushib ketdi.

Nufuzli musobaqaning “Fyuchers” bahslarida yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan turkmanistonlik Saparmurat Atabayev 8-turda hamyurtimiz Guldona Karimova bilan durangga erishib, ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Ushbu guruhda FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Klementiy Sichev va hindistonlik Pensilvaniya Iniyan hisobida ham 6 ochko mavjud.

Mukofot jamg‘armasi 68 ming 700 AQSH dollaridan iborat “Al-Beruniy“ II xalqaro turnirining g‘olib va sovrindorlari nomi bugun ma’lum bo‘ladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: bugun “Al-Beruniy“ II xalqaro turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi