Shaxmat bo‘yicha «Toshkent qishi – 2016» musobaqasi davom etmoqda
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha "Toshkent qishi – 2016" an’anaviy turniri qizg‘in davom etmoqda. Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat musobaqada yuzga yaqin shaxmatchi ikki guruhda g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha "Toshkent qishi – 2016" an’anaviy turniri qizg‘in davom etmoqda. Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat musobaqada yuzga yaqin shaxmatchi ikki guruhda g‘oliblik uchun bahslashmoqda.Reyting ochkolariga ega shaxmatchilardan iborat "A" guruhidagi bahslarda Sirojiddin Najmiddinov o‘tkazilgan to‘rt partiyaning barchasini o‘z foydasiga hal qilib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. To‘rt imkoniyatdan 3,5 ochkodan jamg‘argan Fotih Abduxoliqov va Javlonbek Jo‘rabekov ayni paytda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bormoqda.
O‘n to‘rt yoshgacha shaxmatchilardan iborat "B" guruhida Shohruh Hamidullayev 4 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Sardor Boltayev, Amirxon G‘ulomov va Jo‘rabek Ibodullayev hisobida 3,5 ochkodan bor.