Bugun, 5 fevral kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida davom etayotgan "Al-Beruniy" II xalqaro turnirining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

“Masters” guruhidagi bahslar davomida shaxmat ishqibozlari Muhiddin Madaminov - Afruza Hamdamova qarama-qarshiligidagi bahsga guvoh bo‘lishadi.  

Shuningdek, terma jamoamiz a’zolaridan Abdumalik Abdusalimov oq donalarda 2 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan armanistonlik Shant Sargsyan, Ortiq Nigmatov vengriyalik Sanan Syugirovga qarshi dona suradi. Shuningdek, Vladislav Artemev – Ayk Martirosyan, Volodar Murzin - Syun Ma o‘rtasida o‘yinlar o‘tkaziladi.  

Ortda qolgan 2-tur bahslarida Ortiq Nigmatov va Abdumalik Abdusalimov qora donalarda Ayk Martirosyan va Sanan Syugirovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Armaniston vakili Shant Sargsyan oq donalarda rapid bo‘yicha o‘tgan yilgi jahon chempioni Volodar Murzinni mag‘lubiyatga uchratdi. Syun Ma - Muhiddin Madaminov va Afruza Hamdamova - Vladislav Artemev o‘rtasida bahslarda murosa yo‘li tanlandi.  

“Masters” guruhida bo‘lgani singari “Chellenjer” va “Fyuchers” guruhlarining kechagi musobaqalarida yurtimiz shaxmatchilari u qadar muvaffaqiyatga erishmadi.  

Vengriya, Xitoy, Hindiston, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Armaniston, Shvetsiya, Eron va O‘zbekistonning eng mahoratli shaxmatchilari ishtirokida o‘tayotgan 9 turdan iborat xalqaro turnirning g‘olib va sovrindorlari 12 fevral kuni aniqlanadi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: "Al-Beruniy" xalqaro turnirida xorijliklar peshqadam