Shaxmat: Abdusattorov Shushadagi yurishini boshladi
Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnirning kecha ortda qolgan dastlabki bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishonchli o‘yin namoyish etdi.
O‘ninchi marta tashkil etilayotgan turnirning 1-turida hindistonlik Aravindh Chitambaramni mag‘lub etgan Abdusattorov 2-turda ozarbayjonlik Aydin Suleymanli bilan murosa yo‘lini tanladi. 3-turda FIDE bayrog‘i ostida qatnashayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga imkoniyat boy berib qo‘ydi. O‘tkazilgan 3 ta tur yakuniga ko‘ra, 1 ta g‘alaba, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan 4,5 ochko jamg‘argan Abdusattorov 8 nafar ishtirokchi orasida 4-o‘rinda bormoqda.


Bugun rapid bahslarida dastlabki uchta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 28 sentyabr kuni esa blitsning 14 ta turi o‘tkaziladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA