Bilimli yoshlar – Vatanning kelajagini yaratishga qodir, ilm, ma’rifat va texnologiya sohalarida rivojlanishni ta’minlaydigan kuchli avlod.

Qahramonimiz Shaxina Xudoynazarova 19 yoshga kirdi. U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi. Shaxina “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi doirasida Coursera platformasida 3 oy davomida Google Data analyst bepul kurslarini tugatib, xalqaro toifadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi va Data analyst sifatida faoliyat yuritish imkonini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan «IBRAT Debate»ning Toshkent shahar koordinatori ham.

Navoiy viloyatining Karmana tumanida tug‘ilgan Shaxina tumandagi  19-maktabni a’lo baholarga tamomlagan. Informatika ustozi Nilufar Mahmudovaning maslahati va o‘gitlari bilan IT sohasini tanlagan, bu yo‘nalishning sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

– Otam tumanimizdagi zavodlarda faoliyat olib boradi, onam esa maktabda o‘qituvchi – deydi Shaxina Xudoynazarova. – Ular katta daromad egalari bo‘lishmasa-da, asosiy sarmoyalarini farzandlarning bilim olishiga sarflashgan. Ota-onam eng yaqin ko‘makchim va qo‘llab-quvvatlovchi suyanchig‘im. Ular hamisha "Sen bunga qodirsan!”, “Har doim yordam beraman!” kabi so‘zlar bilan kuch berib kelishadi. Ba’zilar IT sohasini egallash uchun katta iqtidor yoxud mablag‘ kerak deb o‘ylaydi. Lekin men inson istasa, bu sohani o‘rganish uchun juda ko‘plab bepul imkoniyatlar bor deb hisoblayman. IT faqat texnologiya emas, tez rivojlanib kelayotgan soha va yaxshi daromad manbai. Bu esa imkoniyatlar, mustaqillik, kelajak va o‘zini rivojlantirish yo‘li demakdir.  Eng muhimi — ishni boshlash va har kuni oz-ozdan harakat qilish. Qulay tomoni esa qizlar ham bu sohani o‘rganib, bemalol o‘zlarining moddiy ehtiyojlarini qoplashi, hatto  oilalariga ham yordam bera olishi mumkin.  Yana bir yaxshi tomoni masofaviy tarzda frilanser bolib ishlasa ham bo‘ladi.

Shaxina 2024 yilgi informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi respublika saralash bosqichi ishtirokchisi. IELTS'dan 8.5 ballga ega  qahramonimiz Amerikaning "Pace University" universitetida o‘qish uchun grant qo‘lga kiritgan. U 2026 yilda almashinuv dasturi asosida Computer Science yo‘nalishi bo‘yicha Amerikaga o‘qishga ketadi.

– Orzu qilgan insonning maqsadi bo‘ladi, maqsad esa harakatga yetaklaydi, – deydi Shaxina. – Har qanday muvaffaqiyat avval orzulardan boshlanadi. Kelgusida Exchange dasturi bo‘yicha xorijda ta’lim olaman. Insonni buyuk qiluvchi kuch bu uning biror maqsadga qat’iyat bilan   intilishidir. O‘z maqsadimga erishishda bor kuchimni safarbar etaman. Men Google, Apple, Facebook kabi yirik kompaniyalarda Data analyst sifatida faoliyat yuritmoqchiman. Kitob o‘qish kundalik odatga aylanishi kerak. Ilm cheksiz. Bilimsiz esa kelajak yo‘q. 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxina Xudoynazarova: IT – tez rivojlanayotgan soha va yaxshi daromad manbai