Shavkatov Navruzbek Shavkatovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Shavkatov Navruzbek Shavkatovichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 30 avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16-uy.
Tel.: +998 71 237-53-56
e-mail: office@bfa.uz